2020 yil 12 iyun kuni Özbekiston Respublikasi Transport vazirining Özbekiston Respublikasi aeroportlarida “Oçiq osmon” rejimini joriy etiş töğrisidagi buyruği imzolandi.
Mazkur buyruq Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 1 fevraldagi «Transport sohasida davlat boşqaruvi tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi PF-5647-son va 2019 yil 13 avgustdagi «Özbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi PF-5781-son farmonlariga muvofiq respublika fuqaro aviatsiyasi va turizm sohalarida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini oşiriş maqsadida işlab çiqildi.
“Oçiq osmon” rejimi 2020 yilning 1 avgustidan boşlab IATA “Qiş 2022/2023” mavsumi yakunigaça ikki yil muddatga uni uzaytiriş yoki şartlarni özgartiriş imkoniyati bilan Özbekiston Respublikasining Qarşi, Nukus, Termiz, Buxoro, Navoiy, Urganç, Andijon, Farğona, Namangan va Samarqand şahridagi aeroportlarida “beşinçi havo erkinligi” huquqini qöllagan holda joriy etiladi.
Buyruqqa muvofiq “Oçiq osmon” rejimi:
Qarşi, Nukus, Termiz, Buxoro, Navoi va Urganç şahridagi aeroportlarda heç qanday çeklovlarsiz;
Andijon, Farğona, Namangan va Samarqand şahridagi aeroportlarda Xalqaro fuqaro aviatsiyasi taşkilotiga aʼzo davlatlarning aviakompaniyalariga körsatilgan aeroportlarga ularning texnik imkoniyatlarini inobatga olgan holda parvozlar soni çeklovlarisiz Özbekiston Respublikasi tayinlangan taşuvçilari foydalanmagan yönalişlarda “beşinçi havo erkinligi” va yölovçi parvozlarini amalga oşiriş huquqi bilan;
Samarqand şahridagi aeroportda qayta taʼmirlaş işlari yakunlangaç joriy etiladi.
Mazkur rejimga muvofiq Navoi va Termiz şahridagi aeroportlarda xorijiy aviakompaniyalarga yuk taşiş parvozlarini amalga oşiriş uçun “yettinçi havo erkinligi”ga qadar bölgan huquqlar beriladi.
Yangi havo yunalişlarini oçişga qiziqiş bildirgan yoki parvozlar sonini oşirişni rejalaştirgan xorijiy aviakompaniyalar kerakli hujjatlarni örnatilgan tartibda Transport vazirligi qoşidagi Aviatsiya agentligiga va Havo transportini rivojlantiriş departamentiga topşirişi lozim. Uşbu masala yuzasidan barça murojaatlar qisqa fursatda körib çiqiladi.









