Vodiydagi metan “zapravka”lar yopiladimi?

Vodiydagi metan “zapravka”lar yopiladimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda vodiy viloyatlaridagi Avtomobillarga gaz töldiriş kompressor şoxobçalari (AGTKŞ) faoliyati vaqtinça töxtatilişi haqidagi xabarlar tarqaldi. Unda aytilişiça, viloyatlarda havo haroratining sovişi tufayli magistral gaz quvurlarida tabiiy gaz bosimining keskin pasayişi kuzatilmoqda. Holat yuzasidan Energetika vazirligi Matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

“Uşbu xabarlar heç qanday asosga ega emasligini maʼlum qilamiz va fuqarolardan bu kabi tasdiqlanmagan xabarlarga işonmasliklarini söraymiz”, deyiladi xabarida.

Vazirlikka köra, respublika böyiça, xususan, vodiy viloyatlaridagi AGTKŞ faoliyati mahalliy hokimliklar bilan kelişilgan jadvallarga asosan davom etadi.

Energetika vazirligi tomonidan ijtimoiy tarmoq vakillaridan bu kabi asossiz va tasdiqlanmagan xabarlarni tarqatmaslik söralmoqda.


×