Farğona vodiysidagi metan «zapravka»lar faoliyati tiklanişi mumkin

Farğona vodiysidagi metan «zapravka»lar faoliyati tiklanişi mumkin

Hafta oxirida vodiy viloyatlaridagi AGTKŞlarning bosqiçma-bosqiç faoliyatini tiklaş çoralari körilmoqda, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

Qayd etilişiça, körilayotgan çoralar natijasida hafta oxirlariga borib vodiy viloyatlaridagi gaz quvurlarida tabiiy gaz bosimining kötarilib borişi kutilmoqda.

Şu bois mahalliy hokimliklar bilan kelişilgan holda avtomobillarga gaz töldiriş kompressor şoxobçalari (AGTKŞ) gaz bosimining kötarilişiga qarab, ularning faoliyati bosqiçma-bosqiç tiklanişi rejalaştirilgan.

«Şuni alohida taʼkidlaş kerakki, gaz bosimi pasaygan kunlarda birinçi navbatda aholi va ijtimoiy soha obʼektlari (issiqlik elektr stantsiyalar, şifoxonalar, maktabgaça va maktab hamda oliy taʼlim muassasalari va boşqalar)ni elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan bir maromda taʼminlaş zarur hisoblangani sababli AGTKŞlar faoliyatiga majburiy çeklovlar kiritilgan», deyiladi xabarda.

Quvurlarda gaz bosimini bir meʼyorga keltiriş va uşbu meʼyorni saqlab turiş uçun AGTKŞlar qisqa vaqt oraliğida reja-grafik asosida faoliyat yuritib boradi.Eslatib ötamiz, dekabr boşidan Toşkentdagi gaz quyiş şoxobçalari vaqtinça yopilgan. Ob-havo harorati keskin pasaygani sababli şaharning ayrim hududlarida gaz va issiqlik taʼminotida uzilişlar kuzatildi — kommunal xizmatlar mavjud gaz zaxirasini barça isteʼmolçilar orasida teng taqsimlaşga urinişiga qaramay, resurslar yetişmadi. «Öztransgaz» yanvar örtalarida ob-havo harorati kötarilib, qulay şaroit paydo bölgaç, respublikadagi barça AGTKŞlar odatdagi iş tartibida işlay boşlaşini maʼlum qilgandi.

Şavkat Mirziyoyev 3 fevral kuni Namangan viloyatida tadbirkorlar bilan uçraşuvda Özbekistonda avtomobillarga gaz töldiriş kompressor şoxobçalariga beş barobar köproq gaz yetkazilişini aytgandi. Qayd etilişiça, bir hafta içida metan yonilği quyiş şoxobçalari kuniga hozirgi 1 million örniga 5 million kubometr gaz oladi. Umuman olganda, sanoat va xizmat körsatişni tiklaş uçun respublika böyiça kuniga 80 million kub metr gaz va 126 million kilovatt/soat elektr energiyasi yetkazib beriladi.

×