Özbekistonda «TikTok» butunlay yopiladimi?

Özbekistonda «TikTok» butunlay yopiladimi?

“Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi Markaziy kengaşi raisi örinbosari Feruza Muhammedjanova yoşlarning ongini buzayotgani uçun "TikTok" ijtimoiy tarmoğini butunlay bloklaş taklifi bilan çiqdi.

"9-sentyabr kuni Navoiy şahridagi ikki öquvçi qiz “TikTok” ijtimoiy tarmoğida nojöya sözlarni namoyiş qilib, uni töğridan-töğri efirga çiqargan. Huquq tartibot organlari bergan xabarga köra, mazkur holat Navoiy şahridagi 10-maktabda 16 yoşli öquvçilar iştirokida huquq darsi paytida sodir bölgan.

Ijtimoiy tarmoqlardagi baʼzi xabarlarda bu holat 8-sentyabrda sodir bölgani va şu kunning özida yuzaga kelgan vaziyat maktab öquvçilarining ota-onasi bilan birga muhokama qilingani va holat böyiça huquqbuzarlarning uzr söragani aytilgan. Boz ustiga öquvçilar bu harakati bilan şunçaki hazillaşmoqçi bölişganini qayd etişgan.

Vaziyat yuzasidan vazirlikni özidan javob kutib qolamiz.

“Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi mazkur masala yuzasidan jamoatçilikning haqli eʼtiroziga sabab bölgan uşbu vaziyatni umumtaʼlim maktablarida maʼnaviy muhitning nosoğlomligidan, tarbiya jarayonining yetarli darajada taşkil etilmayotganidan dalolat beruvçi ayançli holat deb baholaydi. Afsuski, hozirda odob-axloqqa zid harakatlar media makonida urçib yotibdi. Köp holda videoroliklarning asosiy qahramonlari maktab öquvçilari ekanligi masalaga yeçim beradigan va uning ijrosini taʼminlaydigan soha vakillarini çuqurroq öylantirişi kerak.

“Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi uşbu holat böyiça quyidagi takliflarni ilgari suradi:

Birinçidan, “keçirim söraş” urf, lekin u Özbekiston qonunçiligida jazo çorasi sifatida huquqiy oqibatni tuğdirmaydi. Şundan kelib çiqqan holda, voyaga yetmaganlar tomonidan qilinadigan bunday xatti-harakatlarga nisbatan javobgarlikni kuçaytiriş kerak.

Ikkinçidan, “keçirim söraş” bugun jamiyatimizda tobora odatga aylanib qoldi. Töğri, keçirim söraş odati bizning jamiyatimizda qadriyat darajasida eʼzozlanadi, biroq ayni kunda uni suiisteʼmol qiliş holati kundalik hayotimizda kuçayib bormoqda. Şu örinda har bir fuqaro qonun oldida bir va teng javobgar ekanligini unutmasligi lozim. Zero, “Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasi: “Özbekiston Respublikasida barça fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bölib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib çiqişi, eʼtiqodi, şaxsi va ijtimoiy mavqeidan qatʼi nazar, qonun oldida tengdirlar”, - deb qayd etilgan.

Uçinçidan, partiya aksariyat holda huquqbuzarliklarni namoyiş etiş hisobiga öz öquvçilarini köpaytirayotgan “TikTok” ijtimoiy tarmoğini bolalar uçun xavf maydoni deb hisoblaydi va şu bois uşbu tarmoq faoliyatini butunlay çeklaş tarafdori. Zero, OAV sohasidagi tadqiqotlar va kundalik hayot bugun eng avvalo maktab öquvçilari unga ipsiz boğlanganlarini körsatmoqda. Yoşlarni maʼnaviy olamiga salbiy taʼsir ötkazayotgan videokontentlar zararini bugun xolis baholaş fursati yetdi. Biz tarbiyani “oçiq” axborotlar evaziga boy bermasligimiz kerak. “TikTok”ga öxşagan axborot manbalari hisobiga töğri kelayotgan infoyepidemiyani oldini oliş uçun qonuniy çoralar kuçaytirilişi kerak.

Törtinçidan, partiya “Tarbiya” fanini öqitiş borasida parlament nazoratini doimiy ravişda kuçaytirib boradi va oliy taʼlim muassasalarida “tarbiyaçi” mutaxassisligi böyiça kadrlar tayyorlaydigan fakultetlarni joriy qiliş işlarini jadallaştiriş lozim deb hisoblaydi (Afsus, mana ikki yildirki, uşbu masala yuzasidan hukumat qarorining ijrosi paysalga solinmoqda).

Navoiyda sökonğiç qizlar bilan bölib ötgan hodisa nafaqat taʼlim, mahalla, huquq tartibot idoralari mutasaddilari, balki yoşlar tarbiyasiga bevosita masʼul taşkilotlarga va keng jamoatçiligimizga ogohlik qönğiroği bölişi darkor.

Biz farzandlar kamolotiga tösqinlik qiladigan har qanday xavf öçoqlarini özimiz aniqlab, uni hamkorlikda bartaraf etib, maktabni çin maʼnoda taʼlim-tarbiya öçoğiga aylantirişimiz mumkin. Bu borada jadidimiz Fitratning “Oiladagi yaxşi tarbiya maktab uçun katta madad” ekanligi haqidagi fikrlarini hisobga olib harakat qilişimizdan boşqa çora yöq!", deb yozadi F.Muhammedjanova.

×