Hukumat «metan» şoxobçalaridagi narxni 6 oygaça nazorat ostida uşlab turmoqçi

Hukumat «metan» şoxobçalaridagi narxni 6 oygaça nazorat ostida uşlab turmoqçi

Boş vazir örinbosari Jamşid Qöçqorov boşliq qator idoralar rahbarlariga avtomobillarga gaz töldiriş kompressor şoxobçalarida tabiiy gazni sotişda uning eng baland çakana narxi kelgusi olti oyda kub metr uçun 3 250 sömdan oşib ketmasligi böyiça qatʼiy çoralar köriş vazifasi yuklanadi.

Bu boradagi çora-tadbirlar belgilab berilayotgan hujjat loyihasiga köra, şuningdek, Yoqilği-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etiş işlarini muvofiqlaştiriş komissiyasi (Komissiya raisi A.Ramatov) ham taşkil qilinadi va u ham «metan» şoxobçalarda tizimli ravişda çakana narxlar hududlarda keskin oşib ketişining oldi olinişini taʼminlab boradi.

Uşbu hujjat bilan noqonuniy ulaniş, yoqilği-energiya resurslarini talon-toroj qiliş va noqonuniy isteʼmol qilişning boşqa holatlari, şuningdek, ularni sodir etişga imkon beruvçi sabab va şart-şaroitlarni aniqlaş, bartaraf etiş va oldini oliş böyiça nazorat tadbirlari ham kuçaytiriladi.


×