Jinoyatçilikka qarşi kuraşiş hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi böyiça amalga oşirilgan işlarni örganiş maqsadida işçi guruh Pop tumani içki işlar bölimi faoliyati bilan tanişdi.
Aholi muammolariga eʼtibor qaratiş hamda kriminogen vaziyat barqarorligini taʼminlaş yuzasidan Içki işlar vaziri general-leytenant Pölat Bobojonov boşçiligidagi idoralararo işçi guruh tomonidan Pop tumanida örganiş işlari olib borildi. Bu haqda Içki işlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Isteʼmol bozorlaridagi narx-navo barqarorligini taʼminlaş, hamda qişloq xöjaligi mahsulotlari işlab çiqarilişini mahalliylaştiriş borasida olib borilayotgan işlarni örganiş jarayonida Pop tumanida joylaşgan “Zamin Green” gidroponika issiqxonasi faoliyati bilan tanişilgan.
Maʼlum qilinişiça, uşbu korxonada 30 nafar doimiy va 100 nafar mavsumiy iş örinlari yaratilgan bölib, yillik 3500 tonna pomidor mahsuloti yetiştiriladi, uning bir qismi mahalliy bozorga, ortgani çet elga eksport qilinadi.
Işçi guruh korxona tomonidan yetiştirilayotgan mahsulotni arzonlaştiriş maqsadida quyoş energiyasi hamda yoqilğining alternativ turlariga ötiş rejalari bilan tanişdilar.

Aholi uçun munosib infratuzilma, jumladan maktabgaça taʼlim muassasalari, maktablar, bolalar maydonçalari quriliş işlarini baholaş jarayonida tumanning Uyğursoy şaharçasidagi obodonlaştiriş işlari hamda yangidan barpo etilgan “Maʼnaviyat va maʼrifat markazi” faoliyati örganilgan.
Markazda mahalliy aholi uçun 800 turdagi 2 mingdan ziyod kitoblar jamlangan kutubxona, robototexnika, IT-texnologiyalar va xorijiy tillarni örganiş uçun sinfxonalar taşkil etilgan.
Şuningdek maktab va bolalar boğçasi kapital taʼmirlanib, bolalar sport maydonçalari qurib bitkazilgan. Içki işlar vazirligi nomidan kutubxona uçun 20 mln sömlik kitoblar jamlanmasini sovğa qiliş rejalaştirildi.

Içki işlar vaziri tomonidan mahallalarda xavfsiz muhitni yaratiş, jinoyatçilikni mahallabay jilovlaş dasturlarining ijrosi borasida “Uyğursoy” şaharçasida şakllantirilgan beşlikning hamkorlik masalalariga jiddiy eʼtibor qaratilib, aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş böyiça tegişli topşiriqlar berildi.

Jinoyatçilikka qarşi kuraşiş hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi böyiça amalga oşirilgan işlarni örganiş maqsadida işçi guruh Pop tumani içki işlar bölimi faoliyati bilan tanişdi.
Tuman mahallalarida jinoyatçilikning ahvoli, oila-turmuş doirasida hamda yoşlar, ayollar tomonidan va işsizlik oqibatida sodir etilişi mumkin bölgan jinoyatlarning oldini oliş borasida profilaktik işlarning samaradorligi bilan tanişilgan.
“Mavjud kamçiliklarni bartaraf etiş hamda soha rahbarlarining iş faoliyatini takomillaştiriş yuzasidan aniq vazifalar belgilandi. Işçi guruh öz faoliyatini davom ettirmoqda”, — deyiladi xabarda.









