Markaziy saylov komissiyasida Içki işlar vaziri Pölat Bobojonov bayonot berdi.
Vazirning aytişiça, har bir fuqaroning doimiy va vaqtinça yaşaş manzillarini xatlov jarayonida içki işlar vazirligi faol iştirok etdi. Ilk marotaba saylov jarayonini elektron boşqariş tizimi yaratildi.
19661 nafar pasportsiz va çet eldan guvohnoma bilan qaytgan fuqarolar uçun saylaş uçun hujjatlar tayyorlab berildi.
Saylov jarayoni xavfsizligini taʼminlaş maqsadida 53000 içki işlar va boşqa tizimlar xodimlari jalb etildi. 600 nafar yöl-patrul xizmatçilari yöllarda xavfsizlikni taʼminlamoqda.
Hozirça, Farğona viloyati Quva tumanida noqonuniy taşviqot olib borgan fuqaro aniqlanib, prokuraturaga topşirildi.
Soat 11.00ga qadar qamoqda saqlaş va ozodlikdan mahrum etiş joylarida röyxatga olingan saylovçilarning 2715 nafari yoki 75 foizi ovoz beriş huquqidan töliq foydalandi.
manba: sof.uz









