15 dekabr kuni özbek kino muxlislariga «Qaşqirlar makoni» serialida Pölat Alamdar roli bilan yaxşi taniş bölgan Muhammad Nejati Şaşmazning tuğilgan kuni. U 1971 yil Turkiyaning Eloziq şahrida tuğilgan.
Nejati Anqarada katta bölgan va şu yerda maktabni tamomlagan. U Turkiya va Kanadada mehmonxona menejmenti va turistik biznes yönalişida öqigan.
1997 yildan 2001 yilga qadar AQŞda yaşagan. 2001 yil Turkiyaga oila aʼzolarini köriş uçun kelgan Nejatining qaytib ketiş reysi 2001 yil 11 sentyabrda AQŞda yuz bergan terakt sabab bekor qilingan. Turkiyada maʼlum muddat qolişiga töğri kelgan. Aynan şu qoliş muddati uning muvaffaqiyatli karerasi boşlanişiga sabab bölgan. Mutaxassisligi aktyor bölmagan Nejatining «Qaşqirlar makoni» serialiga boş rol uçun taklif qilinişi turli muhokamalar keltirib çiqargan. Biroq uning serialdagi mahoratli ijrosi barça şubhalar örinsiz bölganini isbotladi.
U 2011 yil 41 yoşida özidan 21 yoş kiçik bölgan Istanbul universiteti talabasi Nagehan Qoşiqçi bilan turmuş qurgan, bir qiz va öğilning otasi. Hozirda turmuş örtoği bilan ajraşiş jarayoni ketmoqda.
«Qaşqirlar makoni» serialining barça fasllari 2003 yildan 2017 yilgaça davom etgan. Serialning barça fasllarida — «Qaşqirlar makoni» (2003—2005 yillarda), «Qaşqirlar makoni: Iroq» (2006 yil), «Qaşqirlar makoni: Terror» (2007 yil), «Qaşqirlar makoni: Tuzoq» (2007—2016 yillarda), «Qaşqirlar makoni: Falastin» (2011 yilda) «Qaşqirlar makoni: Vatan» (2017 yilda) — Nejati boş rolni ijro etgan.
Şuningdek, u «Qaşqirlar makoni: Vatan» va «Navbatçilik» seriallarining stsenariy muallifi, rejissyori va prodyuseri hisoblanadi. Nejati Şaşmaz «Qaşqir qonuni», «Bir ayolni tanidim» va «Ayri yöl» seriallarga prodyuserlik qilgan.
Quyida «Qaşqirlar makoni» serialida Nejati Şaşmaz tomonidan aytilgan iqtiboslarni eʼtiboringizga havola etamiz.
«Oxirini öylagan qahramon bölolmaydi».
«Toki insonlar yuragida ozodlik alangasi yonar ekan, ular ertami-keçmi albatta öz maqsadlariga erişadilar».
«Qalbning qayerda joylaşganini heç kim bilmasligi mumkin, lekin qalb oğriği qanday bölişi hammaga maʼlum».
«Sukut bu eng yaxşi döst. Sinalgan. Unga sendan heç narsa kerak emas. Şunçaki yoningda böladi va senga xalaqit qilmaydi».
«Ikki kişi biladigan sir — sir emas».
«Xatoni töğrilaş mumkin, lekin sotqinlikni emas».
«Sen dunyodagi eng kuçli va jasur odam bölgan taqdiringda ham sevgan insoning qarşisida hamişa ojiz bölasan».
«Haqiqatni aytiş uçun biz uni navbatga qöyamiz. Qulay fursatni kutamiz».
«Baʼzida közlar quruq bölgani bilan yurak jim yiğlaşi mumkin».









