Özbekiston Boş vaziri Abdulla Aripov topşiriğiga köra Qozoğistonning Jambil viloyatida avtobus yöl-transport hodisasiga uçraşi oqibatida jabrlangan fuqarolarga yordam beriş uçun maxsus işçi guruh yuborildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi maʼlum qildi.
Favqulodda vaziyatlar vaziri örinbosari rahbarligidagi maxsus işçi guruh tarkibiga Içki işlar, Taşqi işlar, Soğliqni saqlaş va Transport vazirliklari masʼul xodimlari kiritilgan.
Ularga Julain tumani hududida sodir bölgan yöl-transport hodisasi oqibatida jabrlangan Özbekiston Respublikasi fuqarolariga zarur yordam körsatiş, ularni Özbekistonga qaytariş hamda hodisaning kelib çiqiş sabablarini örganiş vazifasi yuklatilgan.
Taʼkidlanişiça, amalga oşirilayotgan zarur işlar yuzasidan qöşimça maʼlumotlar berib boriladi.
Eslatib ötamiz, keça, 12 may kuni Qozoğistonning Jambil viloyati Jaulin tumanida Özbekiston fuqarolarini olib ketayotgan avtobus YTHga uçradi. Avtobusda 53 nafar yölovçi, jumladan, 47 nafar Özbekiston Respublikasi fuqarosi bölgan. Hodisa oqibatida 2 nafar Özbekiston fuqarosi halok bölgan.









