Namanganga Panjob viloyati gubernatori Muhammad Sarvar boşçiligidagi Pokiston delegatsiyasi kelmoqda. Bu haqda «Daryo» muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar berdi.
Delegatsiya tarkibiga Panjob viloyati mutasaddilari va tadbirkorlari kirgan bölib, jami 15 kişidan iborat. Mehmonlar viloyatdagi yirik korxonalar bilan tanişişi, Made in Namangan körgazmasi va «Namangan—Panjob» biznes-forumida iştirok etişi, «Sulton Uvays Qaroniy» va «Axsikent» majmualarini ziyorat qilişi közda tutilgan.
Şuningdek, viloyat hokimi Şavkatjon Abdurazaqov va Panjob viloyati gubernatori Muhammad Sarvar örtasida muzokaralar ötkazilişi, ularning yakunida «Birodar hududlar» kelişuvining imzolanişi kutilmoqda.
Namangan şahridagi «Uç favvora» xiyobonida esa uşbu kelişuvni özida aks ettirgan monument örnatiladi va Pokiston bayroği kötariladi.
Pokiston delegatsiyasi 2021 yil 5 fevraldan boşlab uç kun davomida Namanganda böladi va şundan söng Samarqand hamda Buxoroga yöl oladi.
Maʼlumot uçun, Panjob viloyatida 110 million kişi yoki Pokiston aholisining yarmidan ortiği istiqomat qiladi. Viloyatning mamlakat yalpi içki mahsulotidagi uluşi 60 foizdan ortadi.









