Özbekiston bugun, 6 fevral kuni kuçli zilziladan aziyat çekkan Turkiyaga insonparvarlik yordami jönatadi. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi Şerzod Asadov maʼlum qildi.
“Prezident Şavkat Mirziyoyevning topşiriğiga muvofiq, Turkiyada röy bergan kuçli zilziladan jabr körganlarga gumanitar yordam hamda tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etişda iştirok etiş uçun Favqulodda vaziyatlar vazirligining bir guruh qutqaruvçilari jönatiladi”, deydi Asadov.
Eslatib ötamiz, bugun, 6 fevral kuni Turkiyaning markaziy qismida va Suriya şimoli-ğarbida 7,9 (dastlabki maʼlumotlarda 7,4) magnitudali kuçli zilzila sodir böldi. Zilzila oqibatida Turkiyada 912 kişi qurbon böldi, 5 385 kişi jarohatlandi. 2 818 ta bino vayron böldi, vayronalar ostidan hozirgaça 2 470 kişi olib çiqildi.









