Özbekiston Qirğizistonga 560 ming dollarlik yordam yuki jönatdi

Özbekiston Qirğizistonga 560 ming dollarlik yordam yuki jönatdi

Özbekiston qöşni Qirğizistonga 560 ming dollarlik insonpavarlik yordami yubordi. Bu haqda Qirğiziston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri Zamirbek Askarov maʼlum qildi, deb xabar bermoqda “Kabar” axborot agentligi.

Yordam yuki 2 ming tonna un, 9,5 ming dona kombinezon, 12 ming dona niqob, 25 ming dona qölqop, 500 dona himoya közoynagi, 200 dona pirometr, 45 tonna xlordan iborat.

Vazirning maʼlum qilişiça, xalqaro taşkilotlardan ham Qirğizistonga qiymati 9 million somlik şaxsiy himoya vositalari, dezinfektsiya işlarini olib boriş uçun materiallar yetkazib berilgan. Mazkur yordam hududlar va soğliqni saqlaş taşkilotlariga taqsimlangan.

×