Farğonadagi ayolni eri yoqib yubormagani aniqlandi

Farğonadagi ayolni eri yoqib yubormagani aniqlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda Farğonada erkak homilador ayolini maşinaga solib yoqib yuborgani aks etgan video tarqalgan edi. Boş prokuratura matbuot kotibi Hayot Şamsutdinov tomonidan Farğona viloyati prokuraturasi rahbariyati boşçiligida tezkor-tergov guruhi tomonidan tergovga qadar tekşiriş harakatlari olib borilayotgani maʼlum qilindi. Holat yuzasidan tekşiruv işlari yakunlanib, rasmiy bayonot berildi.

Maʼlum qilinişiça, voqea joriy yilning 24 yanvar kuni soat taxminan 19:00 larda yuz bergan. Şifoxonadan uyiga qaytayotgan er-xotin maşinada raşk tufayli urişib qolgan. M.U. turmuş örtoği M.X. bilan gaplaşib oliş maqsadida, “Matiz” rusumli avtomaşinasini Farğona şahridagi “Neftçi” stadioni röparasida töxtatgan. 

Şu vaqtda 1987 yilda tuğilgan ayol (homilador bölgan) özi bilan uyidan olib çiqqan plastmassa idişdagi “benzin” yoqilğisini dastlab turmuş örtoği M.U.ni, keyinçalik esa özini va avtomaşina saloni içiga sepib, yoqmoqçi bölgan. Turmuş örtoğining uşbu harakatidan qörqib ketgan M.U. avtomaşinadan tuşib, taşqariga qoçgan vaqtda M.X. yondirgiç (zajigalka) bilan özini va avtomaşinani yoqib yuborgan.

Çaqiruvga asosan hodisa joyiga yetib kelgan Farğona viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi xodimlari tomonidan yonğin tezkorlik bilan öçirilgan. Tez tibbiy yordam bölimi xodimlari tomonidan avtomaşina salonida bölgan marhuma M.X.ning yonğin natijasida tuğilgan öğil jinsli çaqaloğini hayoti saqlab qolingan. Biroq şifokorlar tomonidan körsatilgan zarur tibbiy yordamga qaramasdan çaqaloq şifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Farğona şahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 103-moddasi 2-qismi “b” bandi (özini özi öldiriş darajasiga yetkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


×