Farğonadagi «dejurniy» arçalar qayerga olib ketilganligi maʼlum böldi

Farğonadagi «dejurniy» arçalar qayerga olib ketilganligi maʼlum böldi

Farğona viloyati Ekologiya boşqarmasi Axborot xizmati Effect.uz’da “Bu daraxtlar “dejurniy”mi? Farğona şahrida ekilgan arçalar suğurilib ketilmoqda” sarlavhasi ostida çiqarilgan xabar yuzasidan maʼlumot berdi.

Maʼlum bölişiça, uşbu holat Farğona şahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş inspektsiyasining masʼullari tomonidan bevosita joyida atrofliça örganilgan.

Örganiş davomida haqiqatdan ham Farğona şahar Alişer Navoiy mahalla fuqarolar yiğini hududida joylaşgan Sohibqiron Temur va Alişer Navoiy köçalari kesişmasidagi tört tup arça (sosna) köçatlari nomaʼlum şaxslar tomonidan suğurib ketilganligi maʼlum böldi.

Biroq, suğurib ketilgan tört tup arça köçatlari suğurib olgan nomaʼlum şaxslar tomonidan şu hududning özida yöl çetiga taşlab ketilgan.

Hozirgi vaqtda  Farğona şahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş inspektsiyasining masʼullari tomonidan uşbu köçatlar Farğona şahar Quvasoy köçasida  joylaşgan  Rus dramma teatrining old tomonidagi böş yer maydoniga ekilgan.

×