Farğona viloyatining Marğilon şahrida ayol va uning öğlini ayovsiz kaltaklagan erkakka jinoyat işi qözgatildi. Bu haqda Farğona viloyati Içki işlar boşqarmasi (IIB) axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum bölişiça, joriy yilning 2 mart kuni fuqaro M.K. Marğilon şahar, Istiqlol mahallasidagi 25-umumiy örta taʼlim maktabiga 5-sinfida öqiydigan öğli M.E.ni körgani borgan paytda, fuqaro J.X. uning farzandini döpposlab urayotganini körib, ajratmoqçi bölgan. Biroq, fuqaro J.X. bezorilik harakatlarini davom ettirib, M.K. va M.E.ni badanining turli joylariga urib, qasddan tan jarohati yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan J.X.ga nisbatan Marğilon şahar IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi (uşlab turiş asoslari) tartibida uşlangan.









