Farğonadagi masjidda piçoqbozlik böldi (video)

Farğonadagi masjidda piçoqbozlik böldi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda Farğonadagi masjidlardan birining tahoratxonasida 31 yoşli erkak tanişini piçoqlab öldirmoqçi bölgani ask etgan video tarqaldi. Bu haqda “Milliy” telekanalining “Millar” körsatuvida xabar berildi.

Maʼlum qilinişiça, joriy yilning 15 iyun kuni Farğona viloyati Danğara tumanidagi “Said Ahmad” jomeʼ masjidiga peşin namozini öqiş uçun kelgan ikki erkak özaro janjallaşgan. Oğzaki janjaldan söng 31 yoşli erkak 39 yoşli tanişining ortidan tahoratxonaga kirgan va uning boş, bel va qorin qismiga piçoq bilan zarba bergan. Şundan söng masjid yonida joylaşgan “Navbahor” MFY maʼsullari oldiga kirib, bölgan voqeani aytib bergan. MFY xodimlari hodisa haqida Içki işlar boşqarmasiga xabar bergan. Jabrlanuvçi esa şifoxonaga olib borilgan. 

Aniqlanişiça, ikkala erkak ham Danğara tumanidan bölmay, Qöqon şahri “Navoiy” MFYda istiqomat qilib kelgan. Janjalga nima sabab bölgani va 31 yoşli erkakning döstini piçoqlaşga nima majbur qilgani oçiqlanmagan. 

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25-moddasi (jinoyatga tayyorgarlik köriş va jinoyat sodir etişga suiqasd qiliş) orqali 97-moddasi (qasddan odam öldiriş) 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan va ayblanuvçi erkak Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida uşlangan. Voqea böyiça qöşimça maʼlumot berib borilişi maʼlum qilingan. 

Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkentda 61 yoşli erkak ulfatini piçoqlagandi. Şuningdek, Namanganda 20 yoşli yigit 22 yoşli tanişini piçoqlab qöygandi.


×