“Puling bölsa xaltada”. Farğonadagi hokimlar dam oladi Yaltada

“Puling bölsa xaltada”. Farğonadagi hokimlar dam oladi Yaltada

Farğona viloyatining barça tuman va şaharlari hokimlari joriy yilning 1 yanvaridan 15 yanvarigaça taʼtilga çiqdi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.

Maʼlumotlarga köra, taʼtil “Mahalliy özini özi boşqariş organlari töğrisida”gi qonunning 21-moddasi asosida va Prezident Administratsiyasining 25 dekabrdagi topşiriğiga asosan belgilangan. Topşiriqqa binoan viloyat hokimining örinbosarlari, maslahatçilari va yordamçilari, taşkiliy-kadrlar guruhlari rahbarlari, tumanlar va şaharlar hokimlari hamda ularning örinbosarlari, tuman va şaharlar sektorlari rahbarlari tegişli muddatga taʼtilga çiqdi.

Birinçi bosqiçda taʼtilga çiqayotgan tuman va şahar hokimlarining vazifalari vaqtinçalik hokim örinbosarlari zimmasiga yuklatildi. Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş bilan boğliq qarorlar va farmoyişlar tuman va şahar hokimi vazifalarini bajariş vaqtinça yuklangan hokim örinbosarlari tomonidan tuman va şahar hokimi bilan kelişilgan holda qabul qilinadi.

Şuningdek, hokimlarga ularning örinbosarlarini joriy yilning 17 yanvaridan soğliğini tiklaş maqsadida mehnat taʼtiliga çiqarişni taʼminlaş topşirildi.

Şahar va tuman hokimlari Tibbiyot boş boşqarmasining 1-son va 2-son şifoxonalari, “Qibray”, Rossiyadagi Özbekiston va Yalta sanatoriyalarida hamda Kasaba uyuşmalari federatsiyasining “Çinobod Plaza”, “Turon” va “Oqtoş” sanatoriyalarida soğligini tiklaydi. Quvasoy şahar hokimi yaqinda iş boşlagani bois iş faoliyatini davom ettirmoqda.

×