Andijonda haydovçi YPX xodimini kaltakladi

Andijonda haydovçi YPX xodimini kaltakladi

Andijon şahrida haydovçi YPX inspektorini kaltaklab, öldiriş bilan tahdid qildi, deya xabar bermoqda YHXBB.

Maʼlum qilinişiça, Andijon şahrida xizmat vazifasini olib borayotgan YPX inspektorining qonuniy talablariga böysunmagan haydovçiga nisbatan maʼmuriy bayonnoma tuzilib, avtomobil jarima maydoniga olib kirilgan.

Jarima maydonida haydovçi maşinadan tuşib, u bilan birga kelgan YPX inspektorini kaltaklagan.

Haydovçi harakatlarini davom ettirib, maşinasidagi ötkir tiğli piçoqni olib, inspektorni öldiriş bilan qörqitgan.

Holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

×