Namanganda gaz quyiş şaxobçasida navbatda turgan şaxsning vafoti töğrisida rasmiy izox berildi

Namanganda gaz quyiş şaxobçasida navbatda turgan şaxsning vafoti töğrisida rasmiy izox berildi

10 yanvar kuni «Namanganliklar.uz» telegram kanalida Namangan şahrida joylaşgan gaz töldiriş şoxobçasida fuqaro vafot etgani haqida xabar berilgan edi.

Maʼlum bölişiça, Kosonsoy tuman, “Obod” MFYda yaşagan I.J. özining “Jiguli” maşinasiga metan gaz yonilğisini töldiriş uçun Namangan şahar, Yuksaliş mahallasi hududida joylaşgan “Namangan suyuqgaz” MÇJ gaz töldiriş şoxobçasiga kelib, avtomaşinasini surib harakatlantirib kelayotgan vaqtida tösatdan asfalt yölakka çap yuz sohasi bilan yiqilib urilişi natijasida çap yuz sohasi va boş miya çap sohasidan olgan tan jarohati oqibatida hodisa joyida vafot etgan.

Dastlabki tibbiy maʼlumotnomada marhum I.J. tibbiy tez yordam xizmati xodimlari yetib kelgan vaqtda vafot etib bölganligi, yuz sohasida şiliniş jarohatlari borligi, tanasida tan jarohatlari yöqligi maʼlum qilingan.

Hozirda I.J.ning vafot etganligi holati örganib çiqilmoqda

×