Singapurda yangi turdagi orxideyaga "Şavkat Mirziyoyev orxideyasi" nomi berildi

Singapurda yangi turdagi orxideyaga "Şavkat Mirziyoyev orxideyasi" nomi berildi

Uşbu körkam va yoyilib ösuvçi gul Encbi Purple va Kila Blue orxideyalarining gibridi hisoblanadi.



Özbekiston-Singapur sammitidan avval Singapur prezidentining “Istana” saroyida davlat rahbarini rasmiy kutib oliş marosimi böldi.

Anʼanaga köra, prezident Şavkat Mirziyoyev gulning yoniga yangi turdagi orxideyaning nomi — "Şavkat Mirziyoyev orxideyasi" deb yozilgan taxtaçani joylaştirdi. Bunday tadbirlar anʼanaviy ravişda uşbu mamlakatning oliy martabali mehmonlari va taniqli arboblarga yuksak hurmat va ehtirom belgisi sifatida ötkaziladi.

Uşbu körkam va yoyilib ösuvçi gul Encbi Purple va Kila Blue orxideyalarining gibridi hisoblanadi. Uzunligi 45 santimetr bölgan qat-qat yaproqli qöşgullar, ularning har birida 17 tadan 20 tagaça gul hosil qiladi, har bir gulning eni 5 santimetr atrofida. Oç siyohrang barglar va kosaçabarglarning çeti mayin binafşarang.

Qolaversa, Şavkat Mirziyoyev Singapur Prezidenti Halima Yaqubni öziga qulay bölgan vaqtda Özbekistonga taşrif bilan kelişga taklif etdi.

×