Şavkat Mirziyoyev yangi qarorni imzoladi

Şavkat Mirziyoyev yangi qarorni imzoladi

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 8 noyabr kuni  "Reproduktiv yoşdagi ayollar, homiladorlar va bolalarga körsatiladigan yordam sifatini oşiriş va kölamini yanada kengaytiriş töğrisida"gi qarorni imzoladi. Quyida qarorning töliq matni bilan tanişişişingiz mumkin. 

Özbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Reproduktiv yoşdagi ayollar, homiladorlar va bolalar uçun zamonaviy, yuqori texnologik, ixtisoslaştirilgan tibbiy yordam körsatiş tizimini yanada takomillaştiriş maqsadida hamda 2019-2025 yillarda Özbekiston Respublikasining soğliqni saqlaş tizimini rivojlantiriş kontseptsiyasiga muvofiq:

1. Reproduktiv yoşdagi ayollar, homiladorlar va bolalarga körsatiladigan tibbiy yordam sifatini oşiriş va kölamini yanada kengaytirişning ustuvor yönalişlari etib belgilansin:

reproduktiv yoşdagi ayollar, homiladorlar va bolalarga körsatiladigan birlamçi tibbiy yordam hajmini kengaytiriş va sifatini oşiriş;

ayollar va bolalarga malakali, ixtisoslaştirilgan yuqori texnologik tibbiy yordam körsatiş uçun zamonaviy infratuzilmani şakllantiriş;

homilador ayollar va bolalar uçun ixtisoslaştirilgan yuqori texnologik tibbiy xizmat körsatadigan muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlaş, şuningdek, ularning binolarini rekonstruktsiya qiliş, mukammal taʼmirlaş va yangilarini quriş;

nogironligi bölgan bolalarni tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qiliş va soğlomlaştiriş, ularning jamiyat hayotida iştirok etişi uçun şart-şaroitlar yaratiş böyiça çora-tadbirlarni amalga oşiriş;

zamonaviy talablarga javob bera oladigan va ilğor texnologiyalarni egallagan yuqori malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlaş, qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş orqali reproduktiv yoşdagi ayollar, homiladorlar hamda bolalarga körsatiladigan tibbiy xizmat sifatini yaxşilaş;

soğlom farzandlarning tuğilişi, rivojlanişi va tarbiyasi masalalari böyiça aholi örtasida tuşuntiriş işlarini kuçaytiriş, yoşlar örtasida soğlom turmuş tarzi könikmalarini şakllantiriş.

2. 2019-2023 yillarda reproduktiv yoşdagi ayollar, homiladorlar va bolalarga körsatiladigan tibbiy yordam sifatini oşiriş va kölamini yanada kengaytirişga yönaltirilgan çora-tadbirlar dasturi (keyingi örinlarda – Dastur) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlaş, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qiliş kengaşi (keyingi örinlarda – Kengaş) 2-ilovaga muvofiq taşkil etilsin.

4. Kengaşning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:

aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlaş, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qiliş böyiça qabul qilingan dasturlar va çora-tadbirlarning har bir viloyatda, tumanda (şaharda) amalga oşirilişini hamda masʼullar tomonidan ularning sözsiz bajarilişini taʼminlaş;

aholi, eng avvalo, yoşlar orasida tibbiyot va taʼlim muassasalari, fuqarolarning özini özi boşqariş organlari va Özbekiston Xotin-qizlar qömitasi, ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda soğlom oilani şakllantiriş, ösmirlar, ayniqsa, ösmir qizlar reproduktiv salomatligini mustahkamlaş, ona va bola salomatligini muhofaza qiliş böyiça keng tarğibot va tuşuntiriş işlarini taşkil etiş va olib boriş;

onalar va bolalar salomatligini muhofaza qiliş tizimi muassasalari faoliyatini çuqur tahlil qiliş, uşbu yönalişda tegişli vazirlik va idoralarning işini muvofiqlaştiriş, onalar va bolalar kasallanişi hamda ölimini kamaytiriş böyiça taʼsirçan mexanizmlarni öz içiga olgan çora-tadbirlar işlab çiqilişi va amalga oşirilişini taʼminlaş.

Belgilab qöyilsinki:

Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi Kengaşning işçi organi hisoblanadi;

Kengaş vazifalarini amalga oşirişda tegişli vazirlik va idoralar unga vakolatlari doirasida har tomonlama kömak beradilar hamda söralgan zarur maʼlumotlarni taqdim etib boradilar;

Kengaşning işçi organi aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlaş, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qiliş böyiça qabul qilingan dasturlar va çora-tadbirlarning ijrosi böyiça har çorakda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tegişli takliflar kiritib boradi.

5. Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi, YUNISEF va BMT Aholişunoslik jamğarmasining Özbekistondagi vakolatxonalari tomonidan işlab çiqilgan hamda Orolböyi mintaqasi uçun Inson xavfsizligi böyiça köp tomonlama şeriklik trast jamğarmasining moliyaviy kömagida amalga oşirilişi belgilangan Qoraqalpoğiston Respublikasida homilador ayollar va gödaklarga körsatilayotgan perinatal yordam sifati va ommabopligini oşiriş loyihasi (keyingi örinlarda – Loyiha) 3-ilovaga muvofiq maʼqullansin.

Loyiha doirasida:

kirib kelayotgan dori vositalari, tibbiyot buyumlari va tibbiy texnikaga nisbatan ularni davlat reyestriga kiritmasdan va örnatilgan yiğimlarni undirmagan holda bir martalik davlat röyxatiga olinişi va röyxatdan ötkaziş guvohnomasi berilişi, şuningdek, Özbekiston Respublikasidan taşqarida amalga oşirilgan dori vositalarini röyxatga oliş natijalarining tan olinişi;

Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi bilan birgalikda YUNISEF va BMT Aholişunoslik jamğarmasining Özbekistondagi vakolatxonalariga Loyihani öz vaqtida sifatli amalga oşirişda har tomonlama kömaklaşişi va buning uçun zarur taşkiliy-amaliy çoralar körişi belgilab qöyilsin.

6. Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi hamda viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari bilan birgalikda 2020 yil 1 martga qadar viloyatlar va Toşkent şahrida ayollar va gödaklarga körsatilayotgan perinatal yordam tizimini çuqur tahlil qilib, uning sifati va ommabopligini oşiriş böyiça hududiy loyihalarni (keyingi örinlarda – hududiy loyihalar) işlab çiqsin va tasdiqlaş uçun belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

Belgilansinki:

hududiy loyihalarni amalga oşirişdan asosiy maqsad perinatal yordam sifatini oşiriş va tibbiyot muassasalari infratuzilmasi, ularning tibbiy uskunalar bilan jihozlanganlik va kadrlar bilan taʼminlanganlik darajasini Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti tomonidan onalik va bolalikni muhofaza qiliş sohasida tavsiya qilingan standartlarga muvofiqlaştiriş hisoblanadi;

hududiy loyihalar har bir hududning individual xususiyatlari, şu jumladan, uning geografik joylaşuvini aholi soğliğiga taʼsiri, onalar va bolalar kasallanişi hamda ölimi darajasi, tibbiyot muassasalarining jihozlanganligi, kadrlar salohiyati va aholining tibbiy savodxonligini inobatga olgan holda işlab çiqiladi.

7. Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi bilan birgalikda hududiy loyihalar doirasida onalik va bolalikni muhofaza qiliş muassasalarini xorijiy mamlakatlar, xalqaro moliyaviy taşkilotlar imtiyozli kreditlari va grantlari hamda byudjetdan taşqari boşqa mablağlarni jalb qilgan holda tibbiy, şu jumladan, yuqori texnologiyali asbob-uskunalar bilan jihozlaş çoralarini körsin.

8. Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Moliya vazirligining quyidagilarni taşkil etiş töğrisidagi takliflariga rozilik berilsin:

Respublika ixtisoslaştirilgan bolalar xirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (keyingi örinlarda – Bolalar xirurgiyasi markazi);

Respublika bolalar tibbiy reabilitatsiya markazi (keyingi örinlarda – Reabilitatsiya markazi);

Respublika ixtisoslaştirilgan akuşerlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzurida Yordamçi reproduktiv texnologiyalar markazi;

tuman (şahar) tibbiyot birlaşmalarida, bolalar anesteziologiya-reanimatsiya va intensiv terapiya bölimlari hamda bemor bolalarga tunu kun şoşilinç tibbiy yordam körsatuvçi navbatçi şifokor postlari.

9. Belgilansinki:

Bolalar xirurgiyasi markazi Toşkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasi, Respublika bolalar kam invaziv va endovizual xirurgiya ilmiy-amaliy markazi, Respublika perinatal markazi qoşidagi neonatal xirurgiya öquv davolaş metodik markazi, Respublika ixtisoslaştirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bolalar bölimi hamda Toşkent şahar 2-son bolalar klinik şifoxonasining mavjud örinlar fondi va ştat birliklarini optimallaştiriş hisobiga Toşkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasi hududida davlat tibbiyot muassasasi şaklida;

Reabilitatsiya markazi Respublika bolalar tayanç-harakat tizimi kasalliklari reabilitatsiya markazi negizida hamda Respublika ixtisoslaştirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining bolalar birlaşmasining mavjud örinlar fondi va ştat birliklarini optimallaştiriş hisobiga davlat tibbiyot muassasasi şaklida;

bolalar anesteziologiya-reanimatsiya va intensiv terapiya bölimlari hamda bemor bolalarga tunu kun şoşilinç tibbiy yordam körsatuvçi navbatçi şifokor postlari tuman (şahar) tibbiyot birlaşmalari şoşilinç bölimlarining mavjud pediatrik örinlar fondi va ştat birliklari negizida;

Yordamçi reproduktiv texnologiyalar markazi Respublika ixtisoslaştirilgan akuşerlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining byudjetdan taşqari mablağlari hisobidan yuridik şaxs taşkil etmagan holda taşkil etiladi.

10. Quyidagilar:

a) Bolalar xirurgiyasi markazining asosiy vazifalari etib:

18 yoşgaça bölgan bolalarga kardioxirurgiya, urologiya, neonatal xirurgiya, neyroxirurgiya va xirurgiyaning boşqa yönalişlari böyiça yuqori texnologiyalarga asoslangan ixtisoslaşgan tibbiy yordam körsatiş;

bolalar xirurgiyasi sohasi böyiça yuqori texnologiyalarga asoslangan fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqotlar olib boriş, şuningdek, sohani jahon taʼlim va ilmiy hamjamiyatiga integratsiya qiliş asosida rivojlantiriş;

b) Reabilitatsiya markazining asosiy vazifalari etib:

18 yoşgaça bölgan bemor bolalarning hayot sifatini yaxşilaş, şuningdek, salomatligini reabilitatsiya qiliş orqali davolaş, nogironlikning oldini oliş;

kasalliklarning profilaktikasi va tibbiy reabilitatsiya böyiça yuqori texnologiyalarga asoslangan ixtisoslaşgan yordamga bölgan ehtiyojni qondiriş, respublika sohaviy muassasalariga taşkiliy-metodik yordam körsatişni yölga qöyiş;

v) Yordamçi reproduktiv texnologiyalar markazining asosiy vazifalari etib:

aholiga pullik asosda yuqori malakali ixtisoslaştirilgan tibbiy yordam körsatiş, bepuştlikni bartaraf etiş, yordamçi reproduktiv texnologiyalar usullarini qabul qilingan klinik protokollar va standartlar asosida qöllaş;

zamonaviy hamda xalqaro talablarga javob beradigan eng ilğor diagnostika va davolaş standartlarini amaliyotga joriy etib, uşbu yönalişda xorijiy davlatlardagi tibbiyot muassasalari bilan samarali hamkorlikni yölga qöyiş belgilansin.

11. Toşkent viloyati hokimligi Özbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qömitasi, Quriliş vazirligi va Soğliqni saqlaş vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Bolalar xirurgiyasi markazini quriş uçun Toşkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasi hududidan belgilangan tartibda yer maydoni ajratilişini taʼminlasin.

12. Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi:

2020 yil 1 aprelga qadar Bolalar xirurgiyasi markazini xalqaro talablar va standartlar asosida quriş böyiça loyiha-smeta hujjatlari işlab çiqilişini;

2023 yil 1 yanvarga qadar Bolalar xirurgiyasi markazining qurib bitkazilişi va işga tuşirilişini taʼminlasin.

13. Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligining xususiy tibbiyot muassasalari uçun tuğruqni qabul qiliş tibbiy faoliyat turi bilan şuğullanişga ruxsat beriş töğrisidagi takliflari maʼqullansin.

Belgilansinki, tuğruqni qabul qiliş tibbiy faoliyat turi bilan şuğullaniş faqat Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining “Xavfsiz onalik” strategiyasi talablariga rioya etilişini taʼminlay oladigan tuğruq, jonlantiriş, çaqaloqlarni jonlantiriş, muddatiga yetmay tuğilgan çaqaloqlarni parvariş qiliş, endovizual ginekologiya bölimlari, poliklinika, bakteriologik va klinik-biokimyo laboratoriyalari hamda yuqori malakali tibbiyot xodimlari mavjud bölgan, şuningdek, soğliqni saqlaş va FHDYO organlari örtasida tuğiliş va ölim töğrisida elektron maʼlumotlar almaşinuvi dasturini doimiy yuritiş şarti bilan xususiy tibbiyot muassasalariga ruxsat etiladi.

14. Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi va Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boşqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda 2020 yil 1 martga qadar soğliqni saqlaş va FHDYO organlari örtasida tuğiliş va ölim töğrisida elektron maʼlumotlar almaşinuvi dasturini (keyingi örinlarda – Elektron maʼlumotlar almaşinuvi dasturi) quyidagilarni inobatga olgan holda takomillaştirsin:

Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti tomonidan onalik va bolalikni muhofaza qiliş sohasida tavsiya qilingan hisobot şakllarini real vaqt rejimida yuritiş;

Elektron maʼlumotlar almaşinuvi dasturiga xususiy tibbiyot muassasalarining ulanişi hamda uni soğliqni saqlaş kompleks axborot tizimiga integratsiya qiliş uçun zarur şaroitlar yaratiş.

15. Belgilansinki, Elektron maʼlumotlar almaşinuvi dasturi 2020 yil 1 iyuldan boşlab mulkçilik şakli va idoraviy mansubligidan qatʼi nazar barça tuğruqni qabul qiliş muassasalarida yuritilişi majburiy hisoblanadi.

16. Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi:

2020 yil 1 fevralga qadar Reabilitatsiya markazi va Yordamçi reproduktiv texnologiyalar markazining nizom va tarkibiy tuzilmasini işlab çiqsin va tasdiqlasin;

uç oy muddatda xususiy tibbiyot muassasalari tomonidan tuğruqni qabul qiliş tibbiy faoliyat turi bilan şuğullaniş uçun alohida litsenziya talablari, şu jumladan, Elektron maʼlumotlar almaşinuvi dasturini yuritiş şartlarini işlab çiqsin va belgilangan tartibda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

Innovatsion soğliqni saqlaş milliy palatasi bilan birgalikda 2020 yil 1 iyunga qadar dalillarga asoslangan tibbiyotga muvofiq zamonaviy davolaş-diagnostika xizmatlari böyiça uslub va texnologiyalarni kiritgan holda, onalik va bolalikni muhofaza qilişga oid klinik protokollarni, diagnostika va kasalliklarni davolaş standartlarini qayta körib çiqsin.

17. Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda 2020 yil 1 yanvarga qadar birlamçi tibbiy-sanitariya yordami xizmati tizimida mavjud umumiy amaliyot şifokorlarining iş yuklamalarini qayta körib çiqiş va sonini optimallaştiriş hisobidan pediatr va akuşer-ginekolog ştat birliklarini nazarda tutuvçi ştatlar meʼyorlarini tasdiqlasin.

Belgilansinki, umumiy amaliyot şifokori mutaxassisligidan pediatr va akuşer-ginekolog lavozimiga ötuvçi mutaxassislarning iş staji va toifasi saqlanadi.

18. Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 apreldagi PQ–2863-son qarori bilan tasdiqlangan Tibbiy faoliyatning aholi hayoti, salomatligi va sanitariya-epidemiologik holatiga katta xavf tuğdirişi mumkin bölgan va xususiy tibbiyot muassasalari uçun taqiqlangan ayrim turlari röyxatining rus tilidagi matni 4-bandidagi “Prinyatiye rodov i prekraşçeniye” sözlari “Prekraşçeniye” sözi bilan almaştirilsin.

19. Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga uşbu qarordan kelib çiqadigan özgartiriş va qöşimçalar töğrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

20. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qiliş Özbekiston Respublikasi Boş vaziri A.N.Aripov va Özbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatçisi A.A.Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.

Özbekiston Respublikasi

Prezidenti Ş.MIRZIYOYEV

Toşkent şahri,

2019 yil 8 noyabr

Şahnoza Töramurotova

×