Şavkat Mirziyoyev yangi farmonga imzo çekdi

Şavkat Mirziyoyev yangi farmonga imzo çekdi

Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev tomonidan sud-tergov faoliyatida şaxsning huquq va erkinliklarini himoya qiliş kafolatlarini yanada kuçaytirişga qaratilgan Farmon qabul qilindi. Bu haqda Effect.uz axborot agentligi manbasi xabar bermoqda.

Uşbu hujjatda amaliyotda saqlanib qolayotgan inson huquqlari buziş holatlari, ayniqsa huquqni muhofaza qiliş organlari xodimlari tomonidan fuqarolarga nisbatan ğayriqonuniy xatti-harakatlar sodir etilişining oldini olişga qaratilgan huquqiy mexanizmlar nazarda tutilgan.

Bundan taşqari, tergov sifatini xalqaro standartlar asosida tubdan oşiriş böyiça amaliy çoralar belgilangan.

Jumladan:

  1. Yaraşuv institutini qöllaş mexanizmi takomillaştirilmoqda. Unga köra, şaxsga nisbatan tergov

davrida eʼlon qilingan ayblov, jinoyat işi sudning qaysi instantsiyasida körilayotganligidan qatʼi nazar yaraşuv instituti doirasiga tuşadigan yengilroq moddaga qayta malakalangan hollarda yaraşuv institutini qöllaş imkoniyati yaratilmoqda.

  1. Uşlangan şaxsning huquqlari poymol bölişining oldini oliş maqsadida:

– uşlab turiş muddatini jinoyat sodir etişda gumon qilinayotgan şaxs huquqni muhofaza qiluvçi organga keltirilgan vaqtdan boşlab emas, balki şaxs haqiqatda uşlangan vaqtdan boşlab hisoblaş;

– şaxs amalda uşlangan paytdan boşlab, tegişli mansabdor şaxs u bilan boğliq suriştiruv va tergov harakatlarini ötkazişdan oldin himoyaçi bilan xoli uçraşuvni taʼminlaşi şartligi haqidagi qoida nazarda tutilmoqda.

  1. Öta oğir jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan şaxslarga oid jinoyat işi böyiça, şuningdek qamoqqa oliş yoki uy qamoği tarzidagi ehtiyot çorasini qöllaş holatlarida himoyaçining iştirok etişi şartligi belgilandi.
  2. Sudga qadar iş yuritiş davrida şaxs huquqlari buzilişining oldini oliş maqsadida:

– agar uşlangan ayblanuvçining yaqin qarindoşlarini protsess iştirokçisi sifatida jalb qiliş uçun asoslar mavjud bölmasa, ularni huquqni muhofaza qiluvçi organlarga çaqiriş va söroq qiliş;

– şaxsni jinoyat işida ayblanuvçi sifatida jalb qiliş uçun real asoslar mavjud bölgan hollarda uni guvoh tariqasida söroq qiliş, şuningdek, protsessual huquqlarini tuşuntirmasdan turib, undan biron-bir yozma yoki oğzaki körsatuvlar oliş taqiqlanmoqda.

Maʼlumki, ayblanuvçining qonun va xalqaro hujjatlarda aks etgan eng asosiy huquqlaridan biri – bu körsatuvlar berişdan boş tortiş va körsatuvlaridan jinoyat işiga doir dalillar sifatida uning öziga qarşi foydalanilişi mumkinligi haqida xabardor böliş huquqidir. Farmon bilan uşbu huquqni amaliyotda töliq röyobga çiqariş imkoniyati yaratilmoqda.

  1. Aybiga iqrorlik böyiça kelişuv instituti kiritilmoqda. Unga köra, ayrim toifadagi jinoyatlar böyiça şaxs aybini böyniga oliş töğrisida arz qilgan, qilmişiga çin köngildan puşaymon bölgan, jinoyatning oçilişiga faol yordam bergan, şuningdek, keltirilgan zararni bartaraf etgan taqdirda unga nisbatan qonunda belgilangan eng köp jazoning yarmidan köp bölmagan miqdori va (yoki) muddatigaça jazo tayinlanadi.

Bundan taşqari, endilikda uşbu toifadagi jinoyat işlari soddalaştirilgan tartibda körib çiqilib, fuqarolarning ortiqça ovoragarçiligining oldini olinadi.

  1. Toşkent şahar prokuraturasi tergov bölinmalari va Içki işlar boş boşqarmasi tergov boşqarmasining faoliyati xalqaro standartlar va ilğor xorijiy tajribaga muvofiq namunaviy tarzda taşkil etiladi.

Uşbu tergov bölinmalari zamonaviy kriminalistik uskunalar bilan jihozlangan avtotransport vositalari, protsessual harakatlarni audio va videoga qayd etiş tizimlari hamda stenografiya qiliş uskunalari bilan taʼminlanadi.

Tergov xonalari zamonaviy tarzda, xalqaro standartlarga moslaştirilib, şaxslarning himoyaçi bilan xoli uçraşişi uçun möljallagan holda taşkil etiladi.

Şu bilan birga, tergov harakatlarini videokonferentsaloqa rejimida ötkaziş amaliyotini yölga qöyiş uçun jazoni

ijro etiş muassasalari va tergov hibsxonalarini texnik vositalar va uskunalar bilan töliq jihozlaş çoralari köriladi.

×