Prezident Şavkat Mirziyoyev yangi qarorni imzoladi

Prezident Şavkat Mirziyoyev yangi qarorni imzoladi

Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Harbiy tibbiyot sohasida kadrlarni tayyorlaşning sifat jihatidan yangi tizimini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi. Quyida qarorning töliq matni bilan tanişişingiz mumkin.

Özbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Mamlakatda aholi soğliğini saqlaş va yaxşilaşni taʼminlaydigan samarali soğliqni saqlaş tizimini yaratiş, soğlom avlodni tarbiyalaş uçun zarur şart-şaroitlarni şakllantiriş davlat siyosatining ustuvor yönalişi hisoblanadi.

Tibbiyot sohasida amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar doirasida bosqiçma-bosqiç milliy tibbiy taʼlimni modernizatsiyalaş, mazkur sohaga xalqaro taʼlim standartlari va ilğor axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etiş, aholi soğliğini saqlaşning dolzarb muammolari yuzasidan ilmiy tadqiqotlarni ötkaziş böyiça kompleks çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.

Şu bilan birga, harbiy tibbiyot tizimida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaşga tösqinlik qilayotgan bir qança muammolar saqlanib qolmoqda. Xususan:

birinçidan, harbiy tibbiyot mutaxassislarining uzluksiz kasbiy tayyorgarligini taʼminlaş, ularning malakasini oşiriş, könikmalarini zamonaviy talablarga moslaştirişning amaliy tizimi joriy qilinmagan;

ikkinçidan, öquv jarayonida innovatsion işlanmalar va texnologiyalardan foydalanişning past darajada ekanligi oqibatida harbiy-tibbiy kadrlarni tayyorlaş hamda harbiy xizmatçilar va ularning oila aʼzolariga samarali tibbiy yordam körsatilişini taşkil etiş tizimiga zamonaviy usul va yondaşuvlarni tatbiq qiliş imkoni mavjud emas;

uçinçidan, favqulodda holatlar (vaziyatlar) oqibatlarini bartaraf etişda iştirok etadigan va uşbu yönalişda taşkiliy-profilaktika işlarni olib boradigan yuqori malakali harbiy tibbiyot mutaxassislarini tayyorlaşga alohida eʼtibor qaratiş talab etilmoqda.

Yuqori malakali ofitser kadrlar tayyorlaş tizimini sifat jihatidan yangi bosqiçga kötariş, ular uçun uzluksiz, bosqiçma-bosqiç va maqsadli öqitiş tizimini yaratiş hamda harbiy-tibbiy sohada taʼlim, fan va amaliyot uyğunligini taʼminlaş maqsadida:

1. Toşkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi Harbiy-tibbiyot fakulteti negizida Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining yuridik şaxs maqomiga ega bölgan Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari Harbiy tibbiyot akademiyasi (keyingi örinlarda − Akademiya) taşkil etilsin.

2. Quyidagilar Akademiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:

Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari tarkibiga kiruvçi vazirliklar va idoralar uçun harbiy tibbiyot sohasida zamonaviy talablarga javob beradigan kadrlarni tayyorlaş, qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş;

tibbiyot sohasida tor mutaxassislarni, ilmiy-pedagogik kadrlarni hamda zaxira va rezervdagi tibbiyot xizmati ofitserlarini tayyorlaş;

taʼlim jarayoniga xalqaro taʼlim standartlariga asoslangan ilğor pedagogik va innovatsion tibbiyot texnologiyalari, zamonaviy öquv dasturlari va öquv-uslubiy yondaşuvlarni keng joriy etiş;

harbiy tibbiyot amaliyotida mavjud muammolarning yeçimiga qaratilgan fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy-tadqiqot işlarini amalga oşiriş;

milliy va xorijiy yetakçi oliy, oliy harbiy taʼlim hamda ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan özaro hamkorlikda taʼlim jarayonini rivojlantiriş, soğliqni saqlaş sohasida ilmiy tadqiqotlarni ötkaziş;

taʼlim oluvçilarni insonparvarlik va yuksak maʼnaviy ğoyalar asosida, vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş.

3. Belgilansinki, Akademiya:

davlat oliy harbiy taʼlim muassasasi hisoblanadi;

Toşkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi Harbiy-tibbiyot fakultetining barça huquqlari, majburiyatlari va şartnomalari böyiça huquqiy vorisi hisoblanadi;

Özbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri va davlat tilida nomi tuşirilgan muhr, bank hisobvaraği va xorijiy valyutadagi bank hisobvaraği, ştamp va boşqa rekvizitlarga ega böladi.

4. Şunday tartib örnatilsinki, unga muvofiq:

Akademiyada tahsil oliş uçun 2021/2022 öquv yilidan boşlab nomzodlar Özbekiston Respublikasi oliy tibbiy taʼlim muassasalari davolaş fakultetlarining beşinçi bosqiçini va tibbiy-profilaktika fakultetlarining törtinçi bosqiçini tamomlagan, öqiş yakunlari böyiça eng yuqori natijalarni körsatgan, öqişini Harbiy tibbiyot akademiyasida davom ettiriş va kelgusida kontrakt böyiça harbiy xizmatni ötaş istagini bildirgan, şuningdek, soğliğining holatiga köra harbiy xizmatga yaroqli bölgan talabalar orasidan Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan tanlab olinadi;

Akademiyada kursantlarning majburiy ikki yillik öqişi ikki bosqiçli harbiy tibbiyot öquv dasturi asosida: birinçi yil – bakalavriatda, ikkinçi yil – Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari uçun zarur bölgan mutaxassisliklar böyiça harbiy internaturada amalga oşiriladi;

Akademiyaning bakalavriat bosqiçini tamomlagan kursantlarga dastlabki “tibbiy xizmat leytenanti” harbiy unvoni va “harbiy vraç” mutaxassisligini beradigan davlat namunasidagi diplom hamda harbiy internaturani tamomlagaç, navbatdagi “tibbiy xizmat katta leytenanti” harbiy unvoni va tegişli mutaxassislik berilganligi töğrisida belgilangan namunadagi guvohnoma beriladi;

Akademiyaning harbiy tibbiyot öquv dasturi asosida taʼlim olgan bitiruvçilarning Özbekiston Respublikasi oliy tibbiy taʼlim muassasalari davolaş va tibbiy-profilaktika fakultetlaridagi öqişi Akademiyadagi öqişga tenglaştiriladi;

tibbiyot sohasidagi tor mutaxassisliklar böyiça tibbiyot kadrlari Akademiyaning klinik ordinatura va magistraturasida, ilmiy-pedagogik kadrlar esa uning doktoranturasida tayyorlanadi;

Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy klinik gospitali Akademiyaning öquv va klinik bazasi, şuningdek, asosiy taʼminot markazi hisoblanadi.

5. Akademiyaga 2021/2022 öquv yilidan boşlab:

Özbekiston Respublikasining boşqa tibbiy taʼlim muassasalarini bitirgan tibbiyot xodimlarini tölov-kontrakt asosida qayta tayyorlaş va malakasini oşirişga;

hukumatlararo bitim va şartnomalar asosida xorijiy davlatlar uçun tibbiyot kadrlarini tayyorlaş, qayta tayyorlaş va malakasini oşirişga ruxsat etilsin.

6. Akademiya tuzilmasida yuridik şaxs maqomiga ega bölmagan Harbiy tibbiyot ilmiy-tadqiqot instituti taşkil etilsin va uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:

sanitariya-epidemiologik manbalarni, hodisalarni, omillarni va biologik xavfsizlik töğrisidagi qaraşlarning şakllanişini ilmiy jihatdan örganiş, zamon talablariga javob beruvçi, biologik tahdidlarga tezkor javob qaytara oladigan samarali tizimni şakllantiriş va rivojlantiriş böyiça izlanişlar olib boriş;

aholi va şaxsiy tarkibning biologik xavfsizligini taʼminlaş sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni olib boriş, yuzaga kelişi mumkin bölgan tahdidlarni tahlil qiliş va ularga qarşi ilmiy asoslangan majmuaviy tadbirlarni işlab çiqiş, biologik xavflarni nazorat qiliş tizimini muvofiqlaştiriş;

biologik xavfsizlik sohasida milliy kadrlarni tayyorlaş va sohaga oid ilmiy tadqiqotlarning olib borilişida öquv-ilmiy markaz sifatida faoliyat yuritiş;

ilmiy asoslangan işlanmalarni yaratiş va amaliyotga tatbiq etiş maqsadida qöşinlarning tibbiy taʼminotini taşkil etiş tajribasini va mavjud muammolarni örganiş.

7. Quyidagilar:

Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari Harbiy tibbiyot akademiyasining taşkiliy-ştat tuzilmasi 1-ilovaga;

Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari Harbiy tibbiyot akademiyasida öqitiladigan mutaxassisliklar (yönalişlar) röyxati 2-ilovaga;

Tibbiyot sohasida harbiy kadrlarni tayyorlaşning sifat jihatidan yangi tizimini taşkil etiş böyiça “yöl xaritasi” 3-ilovaga;

Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari Harbiy tibbiyot akademiyasi kontrakt böyiça harbiy xizmatçilarining egallab turgan lavozimlari böyiça asosiy harbiy unvonlari va tarif razryadlari röyxati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Akademiyani taşkil etiş uning taşkiliy-ştat tuzilmasiga asosan 40 ta kursant va 100 ta tinglovçi ştat birliklari Mudofaa vazirligiga qöşimça, qolgan ştat birliklari esa – Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qöşinlarining belgilangan çeklangan umumiy soni doirasida ajratilişi orqali amalga oşiriladi.

Özbekiston Respublikasi mudofaa vaziriga, zarurat bölganda, Akademiyaning taşkiliy-ştat tuzilmasiga Mudofaa vazirligi qöşinlarining belgilangan çeklangan umumiy soni doirasida özgartirişlar kiritiş huquqi berilsin.

8. Akademiya Toşkent şahri, Mirzo Uluğbek tumani, Ziyolilar köçasi, 4-uy manzili böyiça 83-son harbiy şaharça hududida tekin foydalaniş huquqi asosida joylaştirilsin.

9. Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Soğliqni saqlaş vazirligi:

Toşkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi Harbiy tibbiyot fakultetiga 2019 yilda öqişga kirgan kursantlarning tahsil olişini 2020/2021 öquv yilida amaldagi taʼlim dasturlari böyiça Toşkent tibbiyot akademiyasi va Akademiyaning bazalarida yakunlaş çoralarini körsin;

Akademiyaning 2021 yil bitiruvçilari orasidan öqiş yakuni böyiça eng yuqori körsatkiçlarga ega bölganlarga harbiy internaturada öqişni davom ettirişga ruxsat berilsin.

10. Özbekiston Respublikasi mudofaa vaziriga, istisno tariqasida, Akademiyaning Harbiy tibbiyot ilmiy-tadqiqot instituti ofitserlar tarkibi lavozimlarini kontrakt böyiça harbiy xizmatni ötaş istagini bildirgan tibbiyot sohasidagi yuqori malakali fuqaro mutaxassislar hisobidan butlaşga, bunda ularni tibbiy körikdan ötkaziş natijalariga köra dastlabki va harbiy-kasbiy saralaşni ötkazmay, şuningdek, harbiy xizmatda bölişning belgilangan yoş çegarasiga yetganligidan qatʼi nazar, kontrakt böyiça harbiy xizmatga olişga hamda katta ofitserlar tarkibi harbiy unvonlarini berişga ruxsat berilsin.

11. Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Akademiya hamda Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti huzurida yuridik şaxs maqomiga ega bölmagan ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantiriş jamğarmalarini taşkil etişni nazarda tutuvçi Hukumat qarori loyihasini tasdiqlaş uçun Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda kiritsin.

12. Belgilansinki:

a) Akademiyaning pedagogik faoliyat bilan şuğullanuvçi rahbari, rahbar örinbosarlari va professor-öqituvçilar tarkibiga hamda Harbiy tibbiyot ilmiy-tadqiqot institutining rahbari va ilmiy xodimlariga quyidagi miqdorda oylik ustama tölanadi:

bazaviy lavozim maoşining 50 foizi miqdorida – fuqaro tarkibidagi işçilarga;

asosiy lavozim maoşining 100 foizi miqdorida – kontrakt böyiça harbiy xizmatçilarga;

b) Akademiya hamda Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutining boş, yetakçi, katta va kiçik ilmiy xodimlari lavozimlaridagi fuqaro xodimlari mehnatiga haq tölaş qonunçilikda belgilangan byudjet mablağlari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion işlarning ilmiy-texnika dasturlarini amalga oşirişda qatnaşuvçi ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va rahbar xodimlarining bazaviy lavozim maoşlariga teng miqdorda amalga oşiriladi;

v) Akademiyada öquv va öquv-amaliy maşğulotlarni ötkazişga bevosita jalb qilinadigan respublikaning boşqa tibbiyot muassasalari mutaxassislariga pedagogik faoliyatning har bir akademik soati uçun Akademiya tomonidan Özbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblaş miqdorining 10 foizi miqdorida qöşimça haq tölanadi;

g) Akademiyaning taʼminoti Özbekiston Respublikasi Davlat byudjeti, Mudofaa vazirligining byudjetdan taşqari mablağlari va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boşqa mablağlar hisobiga amalga oşiriladi.

13. Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Soğliqni saqlaş vazirligi, Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi, Innovatsion rivojlaniş vazirligi boşqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2021/2022 öquv yili boşlanguniga qadar:

Akademiyaga professor-öqituvçilar va ilmiy xodimlar tarkibining tanlovini ötkazsin hamda vakant lavozimlar, ularga qöyiladigan talablarni hisobga olgan holda, tegişli ixtisoslikdagi yuqori malakali mutaxassislar bilan belgilangan tartibda butlasin;

Akademiyaning öquv jarayoni va ilmiy-tadqiqot faoliyatiga, şu jumladan, şartnoma asosida, yetakçi milliy va xorijiy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, davlat boşqaruvi organlari, xöjalik birlaşmalari va boşqa taşkilotlarning malakali mutaxassislari va ekspertlarini jalb etsin;

ilğor milliy va xorijiy oliy taʼlim, ixtisoslaştirilgan va ilmiy-amaliy markaz hamda ilmiy-tadqiqot institutlarining kadrlar salohiyati va moddiy-texnika bazasidan foydalangan holda Akademiyaning professor-öqituvçilar tarkibi va ilmiy xodimlarining kasbiy tayyorgarligini doimiy ravişda takomillaştirib borişni taʼminlasin.

Akademiya boşliğiga taʼlim sohasida milliy va xalqaro oliy taʼlim hamda ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan belgilangan tartibda ikki tomonlama tegişli kelişuv va şartnomalar tuziş huquqi berilsin.

14. Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi:

ikki oy muddatda Akademiyaning infratuzilma obʼektlari qurilişini jadallaştiriş yuzasidan Hukumat qarori loyihasini;

uç oy muddatda Akademiyani zamonaviy öquv jihoz va buyumlari, laboratoriya qurilmalari va trenajyor komplekslari bilan taʼminlaşni nazarda tutadigan Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari Harbiy tibbiyot akademiyasining infratuzilmasi hamda öquv-moddiy bazasini yaratiş va takomillaştiriş böyiça kompleks dasturni işlab çiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

15. Özbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi hamda Moliya vazirligi mazkur qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oşiriş uçun Mudofaa vazirligiga 2021 yilda va kelgusi yillarda qöşimça markazlaştirilgan kapital qöyilmalar limitlari va byudjet mablağlarini ajratsin.

16. Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Soğliqni saqlaş vazirligi hamda boşqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga uşbu qarordan kelib çiqadigan özgartiriş va qöşimçalar töğrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

17. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qiliş Özbekiston Respublikasining Boş vaziri A.N.Aripov va Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengaşi kotibi V.V.Maxmudov zimmasiga yuklansin.

Özbekiston Respublikasi Prezidenti
Şavkat Mirziyoyev

Toşkent şahri, 2020 yil 22 oktyabr

×