Jizzax kaloniyasidan qoçgan mahkumlar Andijonda uşlandi

Jizzax kaloniyasidan qoçgan mahkumlar Andijonda uşlandi

Joriy yilning 4 yanvar kuni Jizzax viloyati Zafarobod tumanida joylaşgan 30-son jazoni ijro etiş manzil-koloniyasida jazo muddatini ötab kelayotgan mahkumlar N.M. va K.A.lar, keçki yöriqnomaga kelmaganliklari va maʼmuriyatning ruxsatisiz muassasa hududini tark etganliklari haqida xabar berilgan edi.

IIV JIED axborot xizmati qöşimça qilişiça, mahkumlar uşlangan.

Amalga oşirilgan tezkor-qidiruv tadbirlari jarayonida joriy yilning 5 dan 6 yanvarga ötar keçasi mahkumlar N.M. va K.A. Andijon viloyatining çegara hududlaridan birida jamoatçilik yordamida qölga olinib, vaqtinça saqlaş hibsxonasiga joylaştirilgan.

Holat yuzasidan tekşiruv tayinlangan bölib, jazoni ijro etiş muassasasini ruxsatsiz tark etgan mahkumlarning harakatlariga huquqiy baho berilişi taʼminlanadi, deyiladi xabarda.

Qöşimça kilinişiça, Özbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 114-moddasiga köra jazoni ijro etiş muassasasi hisoblangan manzil-koloniyalarda jazo muddatini ötayotgan mahkumlar koloniya hududi doirasida soqçisiz, erkin yuriş, işlaş, maʼmuriyatning ruxsati bilan koloniya hududidan taşqarida nazoratsiz harakatlaniş huquqidan foydalanadilar.

Belgilangan tartibni buzgan mahkumlar qatʼiy nazorat ostiga, yaʼni ilgari jazo muddatini ötagan umumiy, qattiq yoki maxsus tartibli koloniyalarga qaytariladilar.


×