Bankdan qariyb 9 million dollar kredit olib, uni qaytarmagani uçun Özbekistonda qidiruvga berilgan şaxs Rossiyadan deportatsiya qilindi. Bu haqda keça, 15 may kuni Rossiya Içki işlar vazirligi vakili Irina Volkka tayanib, Toşkentdagi Interpolning Milliy markaziy byurosi xabar berdi.
Bayonotga köra, Moskva va Toşkentdagi Interpolning Milliy markaziy byurolari örtasidagi samarali hamkorlik natijasida yirik miqdordagi özlaştiriş jinoyatida ayblanayotgan fuqaro aniqlanib, Özbekistonga qaytarilgan. Maʼlumotlarga köra, uşbu şaxs Özbekistonda tijorat firmasining rahbari lavozimini egallab turgan paytda paxta yetiştiriş maqsadida bankdan qariyb 9 million dollar kredit olgan. Biroq işlab çiqarilgan mahsulotni sotişdan 20 million dollar atrofida daromad topgaç, u kreditni qaytarmasdan mamlakatni tark etgan.
Özbekiston huquq-tartibot organlari uşbu şaxs Rossiyaga borişi mumkinligi haqida maʼlumot bergaç, Rossiya Interpol xodimlari darhol çora körgan. Qidiruvdagi şaxs Vnukovo aeroportida samolyot qöngan zahoti uşlangan.
Tekşiruvlardan söng şu kuni u Özbekistonga deportatsiya qilingan. Bu yerda ham u aeroportning özida mahalliy huquq-tartibot idoralari tomonidan hibsga olingan.









