Farğona viloyatida turli giyohvandlik moddalarini olib yurgan şaxslar qölga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
DXX Farğona viloyati böyiça boşqarmasi va içki işlar organlari xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda, Farğona tumanida istiqomat qiluvçi, 1998 yilda tuğilgan şaxs muqaddam özining jinoiy şerigi tomonidan xufiya joyga qoldirib ketilgan 1 kg 21 gr “gaşiş” moddasini olgan vaqtida uşlangan.
Şuningdek, uning yaşaş xonadonidan ham 2 gr “opiy” moddasi aşyoviy dalil sifatida olingan.
Körilgan çora-tadbirlar natijasida, uning jinoiy şerigi hisoblangan — Farğona şahrida yaşovçi, 1998 yilda tuğilgan fuqaro ham qölga olingan.
Navbatdagi holatda esa oldindan kuzatuvga olingan Farğona viloyatining Qöştepa tumanida istiqomat qiluvçi, 1999 yilda tuğilgan fuqaro özining Nexia rusumli avtomaşinasida Marğilon şahri hududida harakatlanib ketayotib, avtoulovdan 996 gr “gaşiş” moddasini uloqtirib, voqea joyidan qoçişga uringan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Hozirda qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işlari qözğatilib, “qamoq” ehtiyot çorasi qöllanilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.









