Andijonda 1 kg “gaşiş”ni $9 000 ga sotayotganlar uşlandi

Andijonda 1 kg “gaşiş”ni $9 000 ga sotayotganlar uşlandi

Andijonda 1 kilogramm “gaşiş”ni 9 000 AQŞ dollariga sotayotgan şaxslar qölga olindi. Bu haqda viloyat Içki işlar boşqarmasi xabar berdi. 

Qayd etilişiça, joriy yilning 6 may kuni “Qora dori-2022” tadbiri davomida çetdan kontrabanda yöli orqali kirib kelayotgan hamda tranzit taşilayotgan giyohvandlik vositalarini aniqlaş böyiça Özbekiston Respublikasi IIV Jinoyat qidiruv boş boşqarmasi hamda Andijon viloyati IIB JQB xodimlari hamkorligida Xöjaobod tumanining Qirğiziston Respublikasi bilan çegara hududida tezkor-tadbir ötkazilgan. 

Unda Farğona viloyatida yaşovçi M.A, Qörğontepa tumanida yaşovçi B.S hamda J.M.lardan taşkil topgan jinoiy guruh aʼzolari 1 kilogramm “gaşiş” giyohvand moddasini 9 000 dollarga sotayotgan vaqtida uşlangan. 

Hozirda uşbu holat yuzasidan Xöjaobod tumani IIB tomonidan dastlabki suriştiruv işlari olib borilmoqda.

×