Özbekistonda 38,4 foiz ota-onalar maktablarda berilayotgan bilim darajasidan qoniqmasligini bildirdi. Buni prognozlaştiriş va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti ekspertlari örgandi.
Natijalarga köra, Özbekistonda 38,4 foiz ota-onalar maktablarda berilayotgan bilim darajasidan qoniqmaydi. 12,8 foiz ota-ona farzandlarining bilim darajasini yuqori, 48,8 foizi kelajakdagi kasblar uçun yetarli deb hisoblaydi. Aksariyat ota-onalar repetitor xizmatidan faol foydalanadi.
61,1 foiz ota-onalarning fikriga köra, bola uçun öquv yukining intensivligi maqbul darajada. Ota-onalarning 25,1 foizi öquv yukini yuqori, 13,8 foizi esa past deb hisoblaydi. 59,1 foiz ota-onalarning fikriga köra, maktablarning öquv rejasida maktabdan taşqari mustaqil ravişda örganiş mumkin bölgan fanlar mavjud.
Bundan taşqari, mamlakatda öquvçilar boşqa mamlakatlardagiga qaraganda ança köp öqiydi. Ular uçun haftalik örtaça yuklama 28,2 soatni taşkil qiladi. Lekin öquvçilar boşqa fanlarga qaraganda matematika fanidan nisbatan kamroq tahsil olişi kuzatilgan.
Şuningdek, respublika maktablarida öquv-rejasiga köra ijtimoiy va amaliy fanlarga köproq vaqt ajratiladi. Öqituvçilar uçun dars soatlari boşqa mamlakatlardagidan jiddiy farq qilmaydi, ammo öqitiş kunlari ança köp. Bir öqituvçiga öquvçilar soni 11,9 nafarni taşkil etişi tahlilda aniqlangan.









