Özbekistondagi 30 ta xususiy bandlik agentligi birorta ham fuqaroni xorijga jönatmagani maʼlum böldi

Özbekistondagi 30 ta xususiy bandlik agentligi birorta ham fuqaroni xorijga jönatmagani maʼlum böldi

Oliy Majlis Qonunçilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qömitasi tomonidan «Özbekistonda migratsiya jarayonlari: muammo va yeçimlar» mavzusida ötkazilgan davra suhbatida xususiy bandlik agentliklarining faoliyati tahlil qilindi. Bu haqda Qonunçilik palatasi matbuot xizmati xabar berdi.

Taʼkidlanişiça, Özbekistonda 88 ta yuridik şaxs xususiy bandlik agentligi sifatida Mehnat vazirligida röyxatdan ötkazilgan. Ulardan 65 tasiga fuqarolarni xorijda işga joylaştiriş faoliyati bilan şuğullaniş uçun litsenziya berilgan bölib, bugungi kunda ularning 59 tasi öz faoliyatini yuritmoqda.

Joriy yilning ötgan davri davomida xususiy bandlik agentliklari tomonidan 1655 nafar fuqaro çet elda, 77 nafar fuqaro respublika hududida işga joylaştirilgan, 33 mingdan ortiq fuqaroga maslahat va axborot xizmati körsatilgan.

Maʼlum bölişiça, Özbekistondan taşqarida iş qidirayotgan şaxslarni işga joylaştiriş maqsadida litsenziyaga ega bölgan 65 ta xususiy bandlik agentligidan 30 tasi birorta ham fuqaroni şu kunga qadar xorijiy davlatlarga işga jönatmagan.

Şuningdek, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimidagi Taşqi mehnat migratsiyasi agentligiga va boşqa masʼul idoralarga ayrim xususiy bandlik agentliklari faoliyati ustidan köplab fuqarolarning salbiy murojaatlari kelib tuşgani qayd etilgan.

×