Özbekistonda 30-70 yoşdagi aholi örtasida ölim holatlarining 53 foizi hanuzgaça yurak-qon tomir kasalliklariga töğri kelmoqda. Bu haqda bugun, 9 noyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida yurak qon-tomir va endokrin kasalliklarning oldini oliş va ularni davolaş tizimini takomillaştirişga bağişlangan videoselektor yiğilişida maʼlum qildi.
“Sönggi beş yilda yurak-qon tomir kasalliklari 20 foizga, hatto yoşlar orasida ham köpaygan. 40 yoşdan yuqori aholining 20-25 foizida gipertoniya alomatlari mavjud.
Umuman, ötkazilgan xatlovlar natijasiga köra, respublika böyiça 4 millionga yaqin aholi orasida yurak-qon tomir kasalliklari aniqlangan bölib, umumiy aholining 12 foizini taşkil etadi”, degan Şavkat Mirziyoyev.
Davlat rahbarining taʼkidlaşiça, bunday kasalliklarga çalingan aholi soni Namanganda – 18 foiz (450 ming nafar), Farğonada – 17 foiz (600 ming), Buxoroda – 14 foiz (230 ming), Qaşqadaryoda – 13 foiz (470 ming)ni taşkil etib, respublika körsatkiçidan yuqori.
Toşkent şahri, Buxoro, Navoiy va Toşkent viloyatlarida yurak-qon tomir kasalliklarining oğir asoratlari qolgan hududlarga nisbatan baland.









