Joriy yilning 1-7 noyabr kunlari onlayn auktsion orqali jami 9,4 milliard sömlik 3663 ta avtoraqam sotilgan. Bu haqda “Özbekiston respublika tovar-xom aşyo birjasi” AJ matbuot xizmati xabar berdi.
“Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning 7 foizi birinçi toifadagi avtoraqamlarga, 12,9 foizi ikkinçi, 12,9 foizi uçinçi, 14 foizi törtinçi, 18,1 foizi beşinçi va 35,1 foizi oltinçi toifa avtoraqamlarga tegişlidir”, deyiladi xabarda.
Qayd etilişiça, uşbu davr mobaynida tovar-xom aşyo birjasining barça savdo platformalarida 1 trillion 733,1 milliard sömlik tovarlar sotilgan. Uşbu körsatkiç ötgan haftaga nisbatan 8,1foizga past. Bunda birja savdolari sotuvlarning 83,2 foizini, körgazma-yarmarka savdolari 1,7 foizni, elektron davlat xaridlari 14,5 foizni va avtoraqamlarning onlayn-auktsioni 0,5 foizni taşkil etgan.
Şuningdek, kiçik biznes va xususiy tadbirkorlik subʼektlari iştirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 650,9 milliard sömni taşkil qilgan. Davlat xaridlari tizimlarida ötkazilgan elektron savdolar natijasida byudjet va korporativ buyurtmaçilarning qariyb 59,6 milliard sömlik mablağlari tejalgan.









