Özbek aktyorlari orasida kimlar köp gonorarga loyiq köriladi?
Hozirgi kunda özbek kinosidagi eng qimmat aktyor Javohir Zokirov hisoblanadi. Uning bir ijodiy kuni 500 AQŞ dollariga baholanadi. Ammo aktyorni rolga köndiriş, u bilan hamkorlik qiliş oson emas. Ijodkorning öziga xos feʼl-atvori va printsiplari bor.
Keyingi örinni Bobur Yöldoşev band etgan. Uning kunlik gonorar miqdori 400-500 AQŞ dollarini taşkil etadi. U bilan işlaş u qadar qiyin emas. U suflyorga zarurat tuğilmasligi uçun stsenariyni yod oladi va suratga oliş maydonçasiga öz vaqtida keladi.
Yigitali Mamajonovni odatda jang sahnalari bor filmlarga taklif etişadi. Çunki u yaxşi aktyor bölişi bilan birga, kaskadyorlik vazifasini ham bajara oladi. Şu bois uning gonorari u qadar kam emas: kuniga 300-400 AQŞ dollarini taşkil etadi.
Komik aktyor Muhammadiso Abdulhairov suratga tuşgan filmlar öz tomoşabinini topadi. Şu bois ijodkor mehnatiga yaraşa haq berişlarini sörab, kunlik gonorarini 300 AQŞ dollari etib belgilagan.
Özbek kinolarida ança kamnamo bölib qolgan aktyor Adiz Rajabov qirğiz va yapon kinoijodkorlari bilan hamkorlikni yölga qöygan. Bundan taşqari, ayni kunlarda «Qora quti» nomli serialda ham suratga tuşmoqda. Uning kunlik gonorari 200-300 AQŞ dollarini taşkil etadi.









