Özbekistonda joriy yilning 30-31 dekabr kunlari yoğingarçilik kutilmaydi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi yetakçi mutaxassisi Erkin Abdulahatov maʼlum qildi.
Özgiromet mutaxassisi mamlakatda qiş faslida nega qor yoğişi kamayib ketayotganiga ham töxtalib, global iqlim özgarişi Özbekistonda va mintaqada iliq qiş kunlari sonining ortib ketişi bilan namoyon bölayotganini taʼkidlagan.
“Özbekistonda qiş mavsumida qor yoğişi uçun şimol va şimoli ğarbdan sovuq havo oqimlari tez-tez respublika hududlariga kirib kelişi kerak böladi. Boşqaça aytganda, bizning mintaqada ayni şu havo oqimlaridan qor yoğadi.
Tahlillarga köra, hozirda yil davomida sovuq havo oqimlarining respublika hududlariga kirib kelişi ötgan asr oxirlariga nisbatan naqd ikki barobarga kamaygan. Buning natijasida, 2016 yildan boşlab, qişda yoğib ötgan qorlar davomiyligi va yerda hosil bölgan qor qoplamining sutkalab erimasdan turiş holatlari keskin kamayib ketdi. Bir söz bilan aytganda, qiş mavsumida iliq qiş kunlari sonining ortişi kuzatilmoqda”, degan Abdulahatov.









