Toşkentda 63 yoşli fuqaro voyaga yetmagan qizga, uyatsiz-buzuq harakatlar qildi

Toşkentda 63 yoşli fuqaro voyaga yetmagan qizga, uyatsiz-buzuq harakatlar qildi

Ijtimoiy tarmoqlarda yoşi katta şaxs voyaga yetmagan qizni qarşiligiga qaramasdan öpib, uyatsiz-buzuq harakat sodir etganligi aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bölmoqda. Videoda aks etgan holat böyiça Toşkent şahar IIBB tomonidan ötkazilgan örganişlar jarayonida quyidagilar aniqlandi.

Joriy yilning 8 avgust kuni taxminan soat 18.30 larda 1960 yilda tuğilgan M.I., Mirzo Uluğbek tumani Buyuk ipak yöli köçasidagi köp qavatli uylardan birining orqa tarafidagi yöl çetida ötirgan voyaga yetmagan 2015 yilda tuğilgan Ş.U.ga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etgan.

Mazkur holat böyiça jabrlanuvçining ota-onasi tomonidan IIOga ariza tuşmagan.

Holat yuzasidan Mirzo Uluğbek tumani IIO FMB Tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 129-moddasi ("Ön olti yoşga tölmagan şaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qiliş") bilan jinoyat işi qözğatilgan. Gumon qilinuvçi protsessual tartibda uşlangan. Tergov davom etmoqda.


Teglar:
×