Toşkentda 9 yoşli qizga hujum qilişdi

Toşkentda 9 yoşli qizga hujum qilişdi

2021 yilning 3 fevral kuni soat 16:00 larda Toşkent şahrida nomaʼlum şaxslar bir guruh bölib, oldindan jinoiy til biriktirişgan. Ular Yakkasaroy tumani Çöpon ota köçasining poyezd temir yöli bilan kesişgan çorrahasi yaqinida voyaga yetmagan 9 yoşli Arina T.,ning qölida bölgan narxi 2.100.000 sömlik bölgan uyali telefon apparatini qölidan yulib olib, hodisa joyidan qoçib ketişgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekşiruv harakatlari natijasida mazkur jinoyatni fuqaro 21 yoşli Şahzod B. va Şoxista B.,lar sodir etganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Şahzod B. va Şohista B.,larga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi «v» bandi (talonçilik) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Olib borilgan tergov harakatlari davomida, öğirlab olingan uyali aloqa telefon apparatini ular «Malika» savdo majmuasida 550.000 söm pul evaziga sotib yuborganliklari, bundan taşqari, uşbu jinoyatni sodir etişga voyaga yetmagan şaxsni jalb qilganliklari ham aniqlangan.

Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga köra, hozirgi vaqtda yuqorida körsatib ötilgan şaxslarga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi «v» bandi (talonçilik) va 127-moddasi 3-qismi (voyaga yetmagan şaxsni ğayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qiliş) bilan ayb eʼlon qilinib, har biriga nisbatan «garov» ehtiyot çorasi qöllanilgan.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

×