Navoiy viloyatidagi metan “zapravka”da Damas avtomobili yonib ketdi. Bu haqda “Zamon” informatsion dasturida xabar berildi.
Qayd etilişiça, uşbu voqea joriy yilning 16 dekabr kuni soat 19:25 da Uçquduq tumanidagi metan “zapravka”larning birida yuz bergan.
Tuman elektr tarmoqlari korxonasiga tegişli Damas'ga haydovçi gaz töldirib, çiqib ketayotganida maşinada tösatdan yonğin kelib çiqqan.
Dastlabki örganişlarga köra, yonğinga maşinaning texnik nosozligi sabab bölgan. Yonğin öt öçiruvçilar va “zapravka” xodimlari yordamida öçirilgan.
Yonğin oqibatida jarohat olganlar yöq, şuningdek zapravkaga ham zarar yetmagan.
“Şu örinda fuqarolardan avtomobilni haydaşdan oldin avval uning texnik holatini tekşirişlarini, maşina texnik soz bölgandagina yölga çiqişlarini sörab qolamiz”, deydi tuman Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi inspektori.
Avvalroq, Andijonda poyezd 34 yaşar yigit boşqaruvida bölgan Damas avtomobilini urib yuborgani haqida xabar berilgandi.









