Keça, 22.07.2019 sanasida, soat 15:40da, Yaşnobod tumani, Uysozlar köçasi 7-uyda joylaşgan «Şoxrux» avtotransport korxonasining taʼmirlaş boksida DAF» rusumli avtopritsep (tyagaç) yonib ketdi. Bu haqda Toşkent şahar Yonğin xavfsizligi boşqarmasi xabar berib ötdi.
Yonğin öçiriş jangovar bölinmalari çaqirilgan manzilga soat 15:47da yetib borgan va körilgan tezkor çora va harakatlar natijasida yonğin soat 15:52da qurşab olinib, soat 15:54da öçirilgan. Yonğin joyiga 4 ta yonğin öçiriş texnikasi jalb qilingan.
Yonğin payvandlaş işlarini olib borişda yonğin xavfsizligi qoidalari buzilişi oqibatida sodir bölgan, deb tahmin etilmoqda. Yonğindan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.









