Toşkent viloyati Yangiyöl tumanida Cobalt va Damas töqnaşişi oqibatida yöl-transport hodisasi sodir böldi. Oqibatda ikkala avtomobilda ham yonğin yuzaga kelgan. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasi xabar bermoqda.
Dastlabki maʼlumotlarga köra, keça, 26 dekabr kuni soat 21:00 larda Toşkent viloyati Yangiyöl tumani Qöşyoğoç QFY hududidan ötgan “Toşkent-Yangiyöl-Oqqörğon” avtomobil yölining 56-kilometrida 1990 yilda tuğilgan haydovçi S.E. Cobalt rusumli avtomobilni boşqarayotib, qarşisidan kelayotgan 1997 yilda tuğilgan haydovçi E.A. boşqaruvidagi Damas rusumli avtomobil bilan töqnaşuv sodir etgan. Yöl-transport hodisasidan söng yonğin yuzaga kelgan.
Oqibatda Damas haydovçisi 23 yoşli E.A. va yölovçisi 18 yoşli A.J. lar tan jarohati olib şifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur hodisa yuzasidan suriştiruv işlari olib borilib, töqnaşuv sabablariga aniqlik kiritilayotgani maʼlum qilindi.









