Qaşqadaryoda sel Damas’ni oqizib ketdi. Yölovçi halok böldi

Qaşqadaryoda sel Damas’ni oqizib ketdi. Yölovçi halok böldi

 13 oktyabr kuni Qaşqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida sel oqimi Damas avtomobilini oqizib ketdi. Oqibatda avtomobil içidagi yölovçi halok böldi. Bu haqda Qaşqadaryo viloyat Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi xabar berdi.

Maʼlum qilinişiça, soat 17:30 larda tumanning toğli hududlarida qisqa muddatli kuçli yomğir yoqqan. Oqibatda “Qönğirot” mahallasining Şakarbuloq qişloği hududidan sel oqimi ötgan.

Yöldan adaşgan Damas haydovçisi va uning hamrohi yönalişni aniqlaş uçun sel ötadigan hududda töxtagan. Şu payt avtomobil sirpanib, sel yölining çuqurroq qismiga tuşib ketgan.

Şundan söng haydovçi maşinadan tuşib, telefon orqali boğlanişga uringan va hamrohini sel kelayotgani haqida ogohlantirgan. Biroq sel oqimi Damas va uning içidagi yölovçini olib ketgan.

Olib borilgan qidiruv-qutqaruv işlari davomida yölovçining jasadi topilgan. Hodisa joyiga tuman hokimligi, Favqulodda vaziyatlar bölimi hamda içki işlar organlari masʼullari jalb etilgan.


Teglar:
×