Prezidenti Şavkat Mirziyoyev mamlakatdagi energiya inqirozi, “svet” va gaz muammosidan juda yaxşi xabardor. Bu haqda uning özi, 13 dekabr kuni Uçtepa tumani faollari bilan uçraşuvda aytib ötdi.
“Toşkent şahrida 584 ta mahalla bor. Ulardagi vaziyatni televizorda, ijtimoiy tarmoqlarda köriş boşqa, sizlar bilan bevosita körişib örganiş boşqa. Umuman, Toşkent şahri poytaxtimiz. Uning yutuqlari özimizniki, kamçiliklarini esa muhokama qilib bartaraf etişimiz kerak. Şu bois sizlardan bugun oçiq suhbatlaşib olmoqçiman”, deydi davlat rahbari uçraşuv avvalida.
Qayd etilişiça, Toşkent şahar hokimligiga şu kunlarda 200 mlrd söm mablağ ajratilgan. Buni aytarkan davlat rahbari, nega Uçtepa tumaniga kelganini izohladi.
“Men kelişimdan maqsad, qilingan işlarni maqtaniş emas. Yakunlanayotgan yildan saboq, kelgusi yilga reja! Mana şu masala diqqat markazimizda bölişi kerak. Men bejizga mahallaga diqqat qaratmayman: hamma dard mahallada, lekin şu bilan birga hamma davo ham mahallada”, deydi u.
Davlat rahbari sözida davom etib, özi ham oddiy mahallada yaşaşini aytdi.
“Bizda ham mahalla raisi bor. Har safar körişib qolsak “Rais bobo, işlar yaxşimi, bizga savollar yöqmi”, deb sörayman”, deydi Prezident.
Şavkat Mirziyoyev Toşkentdagi hamma muammolarni şaxsan özi kuzatib borişini taʼkidladi.
“Svet, gaz muammolarini yaxşi bilaman. Toşkent şahrida svet-gaz muammosi bölmasligi kerak. Hammasi yetarli darajada ajratilgan. Faqat öz örnida işlatişni biliş kerak”, deydi Mirziyoyev.









