«Namanganliklar tartib-intizomni yaxşi köradi» — Şavkat Mirziyoyev

«Namanganliklar tartib-intizomni yaxşi köradi» — Şavkat Mirziyoyev

Prezident Şavkat Mirziyoyev Namangan viloyatini va uning aholisini nega boşqa hududlarga namuna sifatida körsatişi haqida gapirdi.

«Namanganliklarda tadbirkorlik, birlaşiş, natijaga işlaş degan odat bor. Iş uslubi madaniyati juda yuqori», — dedi u.

Davlat rahbari pandemiya davrida viloyatning yalpi işlab çiqişi 5 foizdan oşganini qayd etib, «heç qaysi viloyatda bunday natija bölmaganini» aytdi.

Özbekiston Prezidenti Namangan şahridagi «Işga marhamat» monomarkazida jurnalistlar savoliga javob berdi. U Namangan viloyatini boşqa hududlarga namuna sifatida körsatişining sabablariga töxtaldi.

Prezident doim Namangan viloyati hamda uning xalqi haqida özgaça mehr bilan gapirişi va boşqa hududlarga namuna qilib körsatişining sabablari haqidagi savolga quyidagiça savol berdi.

«Haqiqatan köp uçraşuvlarda, har bir selektor yiğilişida Namanganni boşqa viloyatlarga ibrat qilib körasataman. Bu viloyat bilan Farğonani taqqoslab, tahlil qilib köraylik. Farğonada neftni qayta işlaş zavodi, „Farğonaazot“ kabi katta-katta korxonalar bor. Namanganda-çi? Umuman yirik korxonalar yöq. Afsuski, 30 yil içida bu viloyatda maqtaşga arzigulik katta korxonalar qurmadik», — dedi
Prezident.

Prezident Namangan aholisini nega maqtaşiga ham töxtaldi.

«Namanganliklar tartib-intizomni yaxşi köradi, ularda tadbirkorlik, birlaşiş, natijaga işlaş degan odat bor. Iş uslubi madaniyati juda yuqori. Oxirgi yillarda viloyat rahbarlari tadbirkorlarga davlat bergan imkoniyatlarni yetkazişda zamon talabiga munosib işlayapti, tadbirkorlar işongan», — dedi Şavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari boşqa viloyatlarda soliqning asosiy qismini yirik korxonalar bajarişini, Namanganda esa örta va kiçik biznes bu vazifani bajarişini taʼkidladi.

«Ötgan yili pandemiya paytida viloyatning yalpi işlab çiqarişi 5 foizdan oşdi, sanoat uluşi 16 foiz böldi. Heç qaysi viloyatda bunday natija bölgani yöq».

«Men albatta, Namangan xalqining mehnati, harakatlari va natijasiga qarab, ularni maqtayman, munosib rağbatlantiraman va har doim ibrat sifatida körsataman», — dedi Prezident.

×