Şavkat Mirziyoyev: Barça içki işlar xodimlari iş haqi 30 foizga, mahallada xizmat ötovçi xodimlar iş haqi esa 60 foizga oşiriladi

Şavkat Mirziyoyev: Barça içki işlar xodimlari iş haqi 30 foizga, mahallada xizmat ötovçi xodimlar iş haqi esa 60 foizga oşiriladi

Prezident Şavkat Mirziyoyev 12 fevral kuni Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi hayʼatining kengaytirilgan yiğilişida iştirok etdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Yiğilişda içki işlar organlarining jinoyatçilikka qarşi kuraşiş, jamoat xavfsizligini taʼminlaş va huquqbuzarliklar profilaktikasi yönalişidagi işlari tanqidiy muhokama qilindi.

— Huquq-tartibot idoralariga hamma şaroitlarni yaratib, eng zamonaviy texnikalarni olib berdik. Katta vakolat, kuç va vositalar bor. Lekin natija kutilganidek emas. Organlar yakdil bölib, vertikal boşqaruvni töğri taşkil eta olmayapti. Ularning işidan xalqimiz norozi, — dedi Şavkat Mirziyoyev.

Tartib-intizom, qonunlarga hurmat, aholining osoyiştaligi, eng avvalo, mahallada töğri yölga qöyilişi zarurligi taʼkidlandi. Bu borada körilgan dastlabki çoralar natijasida ötgan yili 4 ming 500 dan ziyod mahallada bironta ham jinoyat bulmagan. Lekin, köp rahbarlar mahallaga tuşib işlamagani, muammolarni öz vaqtida aniqlab, hal qilmagani oqibatida ayrim mahallalarda jinoyatlar oşgani körsatib ötildi.

Jinoyatçilikni mahallalarda jilovlaş, profilaktika inspektorining iş yuklamasini yengillaştirib, natijadorligini oşiriş masalalariga alohida ahamiyat qaratildi.

— Qaysi hokim profilaktika inspektorini qabul qilib, gaplaşdi? Uning bir kunlik işini, oilaviy şaroitlarini örgandi? Hamma «kattakon» uçastka noziriga buyruq beradi. U hamma narsa bilan şuğullanyapti, köp vaqt yöqotyapti, asosiy işi qolib ketyapti. Özi eng katta mehnatkaş — profilaktika inspektori. Agar unga şaroit yaratsak, u davlatdan rozi bölib işlasa, köp masalalar hal böladi, — dedi Prezident.

Içki işlar idoralarining barça böğinida qoğozbozlik va byurokratiyani keskin kamaytirib, iş yuritişni raqamlaştiriş vazifasi qöyildi. Şu maqsadda Içki işlar vazirligida axborot texnologiyalari böyiça alohida vazir örinbosari lavozimi joriy etilgani maʼlum qilindi.Soha uçun professional kadrlar tayyorlaşni yangi bosqiçga kötariş, profilaktika inspektorlari va tergovçilarning bilimini oşiriş böyiça topşiriqlar berildi.

— Içki işlar xodimlari tunu kun, har qanday şaroitda el xizmatida, — dedi Prezident.

— Bu pandemiya şaroitida, Buxoro va Sardobadagi oğir kunlarda yaqqol körindi. Boşqa payt ham xavf-xatar doim ularning yonida. Iş haqini belgilaşda buni inobatga oliş zarur. Şuning uçun, joriy yilda barça içki işlar xodimlari iş haqi 30 foizga, jamoat xavfsizligini taʼminlaşga bevosita jalb etilgan, sodda qilib aytganda, mahallada xizmat ötovçi xodimlar iş haqi esa 60 foizga oşiriladi.

Yiğilişda ayrim tuzilmalar rahbarlari lavozimidan ozod etildi.Kun tartibidagi masalalar yuzasidan içki işlar vaziri, huquq-tartibot idoralarining hududiy boşqarmalari rahbarlari, şuningdek, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi Raisi va viloyat hokimlari axborot berdi.

×