Şavkat Mirziyoyev “Daştboğ” kiçik sanoat zonasidagi korxonalarni körganidan keyin mahalladagi şaroitlarni közdan keçirdi Prezident matbuot xizmati. Ismoil Kirgizov va Malika Parpiyeva xonadonida bölib, ular bilan suhbatlaşdi. Gurungga qöni-qöşnilar ham keldi.

“Men köproq oddiy odamlar bilan gaplaşsam, sizlarning közlaringizga qarasam, niyatlaringizni bilsam deyman”, — dedi Şavkat Mirziyoyev.

Nuroniylar mahalla tizimiga eʼtibor natijasini öz hayotlari misolida sözlab berdi. Ijtimoiy muammolar hal bölib, turmuş şaroitlari yaxşilanayotganini aytdi.

“Nima uçun hamma kuçni mahallaga taşlayapmiz. Markazdagi bitta köçani yoritib qöyganimiz bilan odamlar rozi bölmaydi-ku. Mahallalardagi odamlarimiz, ayollarimiz, jonajon yoşlarimizni kim eşitadi?!
Namangan viloyatida ham 141 ta mahallada muammolar bor — qayerda yöl yöq, qayerda suv yöq, qayerda işsizlik köp. Uşbu kamçiliklarni bilib, his qilib, katta mablağ bilan kelganmiz.

Endi uni kim nazorat qiladi, kim xalqni öylaydi? Mahalla, jamoatçilik. Endi mahalla raisi yangilikka intilgan, odamlarning oğirini yengil qiladigan bölişi kerak“, — deya taʼkidladi Şavkat Mirziyoyev.
«Daştboğ» mahallasi idorasi, Davlat xizmatlari markazi filiali közdan keçirildi.









