AQŞga kirişi taqiqlanişi mumkin bölgan davlatlar röyxatiga Misr, Qirğiziston va yana 34 ta davlat qöşilişi mumkin. Mamlakat Prezidenti Donald Tramp maʼmuriyati ularga kirişni çeklaş yoki vizalarni berişni töxtatiş masalasini körib çiqmoqda. Bu haqda “The Washington Post” naşri xabar berdi.
Naşrga köra, yangi çeklovlar röyxatiga 25 ta Afrika davlati, şuningdek, Misr va Qirğiziston ham kiradi. AQŞ Davlat departamenti Davlat kotibi Marko Rubio tomonidan imzolangan maxsus memorandumni diplomatik xodimlarga yuborgan. Unda röyxatdagi mamlakatlarga yangi talab va körsatkiçlarni bajariş uçun 60 kunlik muddat berilgan.
Memorandumdagi asosiy sabablar quyidagilar:
- Ayrim davlatlarda “iştirokçi va hamkorlik qilişga tayyor markaziy hokimiyat yöqligi”;
- Davlat organlarida keng tarqalgan firibgarlik holatlari;
- AQŞ vizasini olgan fuqarolarning muddatdan oşiq mamlakatda qolişi;
- Investitsiya evaziga yaşaş talabisiz fuqarolik berilayotgan davlatlar mavjudligi;
- Ayrim davlatlardan kelgan şaxslarning AQŞda “antisemitik va antiamerikança faoliyat” olib borgani.
Memorandumda tilga olingan davlatlar röyxati:
Angola, Antigua va Barbuda, Benin, Butan, Burkina-Faso, Kabo-Verde, Kambodja, Kamerun, Kot-d’Ivuar, Kongo Demokratik Respublikasi, Jibuti, Dominika, Efiopiya, Misr, Gabon, Gambiya, Gana, Qirğiziston, Liberiya, Malavi, Mavritaniya, Niger, Nigeriya, Sent-Kits va Nevis, Sent-Lyusiya, San-Tome va Printsipi, Senegal, Janubiy Sudan, Suriya, Tanzaniya, Tonga, Tuvalu, Uganda, Vanuatu, Zambiya va Zimbabve.









