Toşkentda erkak rafiqasi bilan işqiy munosabatda bölib yurgan fuqaroga bir neça marta piçoq urdi. Bu haqda Boş prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Şamsutdinov Aniq.uz'ga xabar berdi.
Manbaga köra, mazkur voqea joriy yilning 31 oktyabr kuni soat 22:00 larda Yunusobod tumani "Xasanboy" MFY Baraka köçasida joylaşgan “Qalliğ ota” qabristoni yonida sodir bölgan. 1990 yilda tuğilgan Z.M turmuş örtoği bilan işqiy munosabatda telefon orqali gaplaşib yurgan 1996 yilda tuğilgan S.A bilan özaro janjallaşib qoladi. Natijada, yonida bölgan oşxona piçoği bilan uni turli sohalariga bir neça marotaba urib, qasddan öldirişga suiqasd qilgan.
Uşbu holat yuzasidan Yunusobod tuman prokuraturasi tomonidan Z.M.ga nisbatan JKning 25, 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, fuqaro Jinoyat-protsessual kodeksning 221-moddasi tartibida uşlangan. manba: Aniq.Uz









