Poytaxt Toşkent şahrida mudhiş jinoyat sodir etildi. Er turmuş örtoğini vahşiylarça öldirdi, qaynonasini oğir yaraladi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.
Voqea keça, 13 avgust kuni Toşkent şahri Mirobod tumanidagi “Risoviy” bozori atrofidagi mahallada yuz bergan. Er 24 yoşli rafiqasiga 30 marta piçoq urgan. Ularni ajratişga harakat qilgan qaynonasiga ham 7 marta piçoq bilan zarba bergan.
Ayol voqea joyida vafot etgan. Onasi oğir ahvolda şifoxonaning reanimatsiya bölimiga yotqizilgan. Erkak qölga olingan. Ularning 9 oylik qiz çaqaloği bolalar uyiga olib ketilgan.
Holat yuzasidan hozirça Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi ham Toşkent şahar IIBB ham rasmiy maʼlumot bermadi.Sunnatilla Abdullayev









