Rossiyaning Ximki şahrida 5-sinf öquvçisi öz sinfdoşiga piçoq bilan hujum qildi va unga 100 ga yaqin piçoq jarohati yetkazdi.
Qizlar janjallaşib qolişgan, keyin esa hojatxonaga borişgan. Söng qiz qaytib kelgan va butun sinfga «Men Sonyani öldirdim» deb aytgan.
Jabrlanuvçi kasalxonaga yotqizilgan, piçoq urgan qiz bilan esa psixologlar suhbatlaşişgan.
Maʼlum bölişiça, maktab öquvçisining qilmişiga Genshin Impact öyini sabab bölişi mumkin. Qiz, şuningdek, sinfdoşi uning sirini sinfdoşlariga aytganini taʼkidladi. Yaʼni ular avvallari döst bölişgan, ammo keyin oralari buzilgaç, qiz sobiq dugonasining barça sirlarini butun sinfga oşkor qilgan.
Keyin esa Genshin Impact öyini bolalar örtasida maşhur böldi. Qizlar öyin borasida ham janjallaşib qolişdi. Keyin esa tajovuzkor qiz sinfdoşini bahona bilan hojatxonaga olib borgan va unga piçoq bilan hujum qilgan.
Jabrlanuvçi oğir ahvolda vertolyotda olib ketilgan.
Suriştiruv natijasida piçoqbozlikning dastlabki sababi Genshin Impact öyini ekanligi tasdiqlandi. 11 yoşli Melvira dugonasi bilan janjallaşib qolgan, çunki Sonya uning hisobiga kirib, qiz yiğgan barça «tangalarni» sarflab yuborgan.
Sonyaga uçinçi darajali şok taşxisi qöyilgan. Milvira va uning onasi hozir psixiatrik tekşiruvdan ötmoqda.
Ayni paytda mazkur holat yuzasidan voyaga yetmaganni öldirişga suiqasd va maktab rahbariyatining ehtiyotsizligi moddalari böyiça jinoyat işi qözğatilgan.
Suratda: öngda hujum qilgan qiz, çapda jabrlanuvçi









