“Ğişt-köprik” posti oldida fuqaro bir kişiga piçoq bilan taşlandi (video)

“Ğişt-köprik” posti oldida fuqaro bir kişiga piçoq bilan taşlandi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda “Ğişt köprik” bojxona posti oldida bir fuqaro içki işlar xodimlariga piçoq bilan hujum qilgani aks etgan video tarqalib, jamoatçilik orasida keng muhokamalarga sabab böldi. Holat yuzasidan Toşkent viloyati Içki işlar boş boşqarmasi maʼlumot berdi.

Joriy yilning 7 iyul kuni Toşkent tumani “Ğişt köprik” bojxona posti oldida 1965 yilda tuğilgan fuqaro heç bir sababsiz, yöl yoqasidan harakatlanib ketayotgan, öziga begona bölgan 40 yoşli fuqaroga piçoq bilan tösatdan zarba berib, tan jarohati yetkazgan.

Hududda xizmat olib borayotgan post patrul xodimlari uşbu şaxsning oldiga borib, undan zudlik bilan harakatlarini töxtatişni talab qilgan. Fuqaro esa xodimlarga va atrofdagi boşqa şaxslarga ham qölidagi piçoq bilan taşlanib, tahdid qilgan.

Şundan söng, xodimlar uşbu şaxsni atrofdagi boşqa fuqarolarga ham şikast yetkazişini oldini oliş maqsadida maxsus rezina tayoğini işlatib, fuqaro Ş.Ye.ni qölga olgan va zararsizlantirgan. Jarohatlangan fuqaro xodimlar tomonidan tezlik bilan şifoxonaga olib borilgan.

Holat yuzasidan uşlangan şaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Gumonlanuvçi fuqaroning ruhiy holati yuzasidan psixologik ekspertiza tayinlangan.


Manba


×