Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 661-moddasiga muvofiq, firibgarlik (168-moddasining 1-qismida nazarda tutilgan) jinoyatini sodir etgan şaxs, öz aybiga iqror bölsa, jabrlanuvçilar bilan yaraşsa va yetkazilgan zararni bartaraf etsa, yaraşganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod etilişi mumkin. Loyiqbek Şaripov (ism şariflar va joy nomi şartli) Çust tumanidagi “Baxt” mahallasida harbiy hisobni yuritiş böyiça mutaxassis lavozimida işlab kelib, 2022 yil mart oyida aldaş yoki işonçni suiisteʼmol qiliş yöli bilan özganing mulkini qölga kiritiş maqsadida, fuqaro J.Botirovga özini safarbarlik çaqiruvi rezervi pul badalllarini fuqarolardan yiğib yurganligi va qabul qilib olingan badal puli mablağlarini bank muassasalariga topşirişi haqida yolğon aytib, J.Botirovni aldab, unga öğli O.Aminovni safarbarlik çaqiruvi rezervi xizmati uçun 5.254.000 söm miqdorda badal puli tölaşi lozimligini aytib, J.Botirovdan şunça miqdordagi pul mablağlarini olib, uşbu pullardan 3.354.000 sömini bank muassasasiga topşirib, qolgan 1.900.000 sömlik pul mabağlarini öz ehtiyojlari uçun işlatib yuborib, firibgarlik jinoyatini sodir etgan.
Gumon qilinuvçi L.Şaripov sud majlisida, yaraşuv töğrisida ariza taqdim qilib, aybiga töliq iqror ekanligi, qilmişidan puşaymonligi, jabrlanuvçiga yetkazilgan zararni töliq qoplaganligi, hozirda jabrlanuvçi bilan yaraşib olganligi haqida körsatuv berib, jinoyat işini tugatişni söradi.
Jabrlanuvçi J.Botirov sud majlisida yaraşuv töğrisidagi ariza taqdim qilib, L.Şaripovga nisbatan uning heç qanday daʼvosi yöqligi, yetkazilgan zarar töliq qoplanganligi, arizani öz xohişi bilan yozganligi, yaraşuv sud tomonidan tasdiqlanganidan keyin kelib çiqadigan huquqiy oqibatlarni tuşunganini aytib, jinoyat işini tugatişni söradi.
Sud, jabrlanuvçi J.Botirov va gumon qilinuvçi L.Şaripovning yaraşuv töğrisidagi arizalarini jinoyat işi hujjatlari bilan örganib, Çust tuman prokurorining jinoyat işini yaraşganlik munosabati bilan tugatiş haqidagi fikrini eşitib, gumon qilinuvçi L.Şaripovning aybiga iqrorligi, yetkazilgan zararning töliq qoplanganligi, yaraşuv, gumon qilinuvçi va jabrlanuvçining biron-bir tazyiqsiz, öz xohişi bilan bölayotganligi hamda Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 168-moddasining 1-qismida nazarda tutilgan jinoyat, mazkur kodeksning 661-moddasiga muvofiq, yaraşuvga tuşişini inobatga olib, L.Şaripovga nisbatan jinoyat işini, yaraşganlik munosabati bilan tugatişni lozim topdi.
Mirzoxid Hayitov,
jinoyat işlari böyiça Çust tuman sudining sudyasi









