2021 yil 23 fevral kuni soat 19:30 larda voyaga yetmagan 17 yoşli Asrorbek X. Namangan şahri «Obi Hayot» MFYda joylaşgan «Kiçkintoylar boği» yonidan ötib ketayotgandi. U yerda kursdoşi voyaga yetmagan 17 yoşli Jasurbek T.ni tanişi 19 yoşli Anvar N. qöli bilan urganligini körib qolgan. Söng «Sen nega meni litseydoşimni urding?» deb Anvar N.ni yuziga muşti bilan urib jarohat yetkazgan. Natijada Anvar N. zarb kuçidan boşi bilan yerga yiqilib huşidan ketgan va boş miya oğir darajadagi lat yeyişi, qon quyilişi, ensa suyagi, burun suyagi sinişi kabi jarohatlari bilan şifoxonaga yotqizilgan.
Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentining maʼlum qilişiça, mazkur holat yuzasidan Namangan şahri böyiça IIO FMB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Asrorbek X.ga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga oğir şikast yetkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilib, gumon qilinuvçi tariqasida jalb qilingan.
Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Taʼkidlaş joizki, bu turdagi jinoyatlar uçun Jinoyat kodeksining normalariga köra, 3 yildan 5 yilgaça ozodlikni çeklaş yoxud 3 yildan 5 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlanadi.









